Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
20:12 / 07.12.2021 5 215877

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

Barchinoy

06:01 / 01.01.1970

Tori bizni birgina xatoyimiz orqali qlgan yaxshiliklarimz unutiladi . Wu birgina xato orqali biz ularga yomon koʻrinib qolamz . Qora dogʻ kabi 😔

Dilmurod

06:01 / 01.01.1970

Tanganing ikkinchi tomoni ham bor

Shahnoza

06:01 / 01.01.1970

To‘g‘ri har bir insonning hayotida qora dog‘lar bo‘lib turadi. Agarda biz harakat qilsak, intilsak o‘sha qora dog‘larni o‘chirishimiz ham mumkin. To‘g‘ri, biz qora dog‘larni o‘chirishimiz mumkin, ammo bir tomoni ham bor, lekin u avvalgidek o‘z holiga qaytmaydi. Qora dog‘larni unutamiz, lekin vaqti kelib, ba'zilar shu do‘gni esingga soladi va endigina bitgan yuragingni qaytadan nimtalaydi. Inson insonga g‘animatdir. Shuning uchun ham insonlardan bir og‘iz shirinso‘zimizni va ozgina mehrimizni ayamaylik🤗❤

Umrzoq

06:01 / 01.01.1970

Insonlar uchun qancha yaxshilik qilmaglng, ular uchun hattoki hamma narsaga tayyor bo‘lsangiz ham, o‘tmishda qilgan birgina xatoyingiz ular uchun butun umr eslaridan chiqmaydigan hodisaday bo‘lib qoladi. Siz bu xatoni bilib qilmagan bo‘lsangiz ham, baribir siz yomon bo‘lasiz. E buodamlar hech qachon yaxshi hislatlaringizni gapirishmaydi. Shunday akan b6 hayotda opziz bilganday yashash kerak ekan. Bu hayot bir oq qog‘oz opsha qilgan xatoyingiz esa qora dog‘dir.

Bekhruz

06:01 / 01.01.1970

Qog'ozni faqat qora joyiga qarashimiz noto'g'ri.Qog'ozni oq joylari ham bor!

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:10 / 07.10.2024 0 152
Mushuk va shumshuk

Bilasizmi?

14:09 / 16.09.2024 0 290
Tol va kanizak

Bilasizmi?

11:09 / 16.09.2024 0 390
Avtobiografiya va memuar: ular qanday farqlanadi?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 215878
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 101225
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 27799
Milliy urf-odatlar

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 25868
Kompetentlik

Qomus

12:09 / 18.09.2023 0 20450
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 19717
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:05 / 03.05.2023 1 19675
Alpomish

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18932
Manqurt(lik)

//