Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
01:12 / 08.12.2021 5 223170

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

Marjona

12:01 / 01.01.1970

Dunyo yaxshiliklarga to‘la huddi oq qogo‘z kabi.Lekin insonning birgina qilgan yomon ishi oq qog‘ozdagi qora dog‘ kabidir.Insonlar dunyoga yaxshi nazar bilan qarashlari kerak.Shundagina dunyodagi yomon ishlar bittaga kamaygan bo‘larmidi

Bekzod

12:01 / 01.01.1970

Zur emas qiyin juda odami charchatadi boshqa mayin busa yu demadim rejasi qiyin juda

Javohir

12:01 / 01.01.1970

Hamma hamoq qogoz kabiyaxshi tomonlari bor qora nuqta kabi yomon jihatlari bor ammo biz yomonlikni emas yaxshilikni tilaymiz

Sarvinoz

12:01 / 01.01.1970

Insonning umri davomida qilgan qanchadan-qancha yaxshiliklari bilinmaydi ba'zilarga. Lekin, birgini yomonligi yoki xatosi barchani birdek e'tiborini tortadi. Usha vaqti faqat insonning yomonligi emas balki, yaxshiligini ham eslashimiz va ko'rishimiz kerakdir

Guli

12:01 / 01.01.1970

Oq qogoz bizni hayotimiz birgina hatoyimiz shu oq qogozga tushgan dog

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1259
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 239
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 254
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 195
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 213
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223171
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106758
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48772
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 37010
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35390
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29637
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28544
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28466
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//