Bilasizmi?
Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.
Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.
Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.
Mirnosir Hasanov tarjimasi
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
5 Izohlar
Ravzali
14:04 / 16.04.2024
Hayot qonuni shunaqa bòlsa kerak sen qanchalar zòr bòlma. BARBR SENDAN XATONI QIDIRSHADI. Bir tomondan bu yaxshi shuning uchun ham sen doim zòr bòlishga harakat qilasan
Davronov Shahzod
16:04 / 09.04.2024
Yuqoridagi izoxlarni o'qidim maqolani ham ajoyib ibratliy .Ammo shunga o'xshash voqeani birovga so'zlab bersak amal qilishmaydi nega bunaqa ekanligini bilasizmi?
Feruza
00:01 / 18.01.2024
Tõğri.Professor bu hikoya bilan hammani kõzini ochdi deb õylayman
Asliddin
15:12 / 04.12.2023
Eynshteyn karrani yozibti. 9x1=9 9x2=18 9x3=27 hullas hammasini yozib turib 9x9=80 deb yozgan ataylab. Talabalar hammalari kulishgan! Voy hato yozibsiz, mana buni. 81 boladi javobi 80 emas edi. Aytganda u kishi ham. Shuncha 9 ta javobni tog`ri yozdim. Birontanglar maqtamadinglar-ku! Toqqiztasini tog`ri yozibsiz demadinglar-ku! Mana shu bitta xatoni kordinglar sizlar. Insonni tabiati ekan bu narsa. Xatoni ko`rishlik faqat! Shuning uchun . Yomon xislatlarni ozimiz yoqtirmagan xislatlarni yaxshi korgan kishilarimizni yaxshi koradigan sifatlarga yedirvorishimiz kerak. Shu bilan olam guliston
Sevinch
02:10 / 09.10.2023
Inson zoti bor ekan doyimo varaqning oq tomoniga emas usha birozgina qora nuqta tegan joyiga ahamiyat berishadi olam ,olam oq varoq boʻlsa ham baribir inson.zoti tafakkurida qora nuqta birinchi oʻrinda turadi lekin.qora nuqtadan koʻra varoqda oppoq joy koʻp roq ....❤️