Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
01:12 / 08.12.2021 5 224867

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

Mubina

12:01 / 01.01.1970

Oq qogʻoz bilan qora dogning orasida ancha farq bor

SH.......

12:01 / 01.01.1970

Odam hayotda faqat qora doğga etibor berib yashamasligi kerak .Bõlmasa shu qora doğlar hayotda katta tasir kõrsatadi.

Bobur

12:01 / 01.01.1970

Hamisha shunday boʻlavermaydi

Muxlisa

12:01 / 01.01.1970

Albatta inson bir xatosi bilan butun hayotini barbod qilishi mumkin.Manashu oppoq qoĝozga bir donagina qora doĝ tusha bu umrbod esda qolishi mumkin

Jumaniyoz

12:01 / 01.01.1970

Haqiqatdan ham bu dunyoda insonning oʻzi qanaqa hislatga ega boʻlsa boshqalarga ham huddi shunday nazarda qaraydi.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 363
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 338
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 334
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 342
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224868
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107781
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55292
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 40332
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39980
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31524
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30638
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30048
Alpomish

//