63 yoshdan so‘ng “Chiqindi odamlar” hayotini o‘zgartirgan rohiba


Saqlash
14:05 / 18.05.2026 0 9

Rohiba Emmanuel oltmish uch yoshigacha diplomatlar va boy-badavlat xonadonlarning qizlariga adabiyot fanidan qirq yil dars beradi. Uning hayoti badastir, tinch va har tomonlama yaxshi ta’minotda edi. Oldinda uni tinch-osuda hamda sayohatlarga boy keksalik gashti kutib turardi. Ana shunday osuda kunlarning birida “Misrning eng qashshoq odamlari qayerda yashaydi?” degan savol  uni o‘ylantirib qo‘yadi... Uning bu savoliga atrofidagilar bir ovozdan “Mokattam axlattepasi”da deb javob beradi...

 

Qohira, 1971-yil. Mokattamning badbo‘y hidi uzoqdan seziladi. Misr poytaxtidan yig‘iladigan barcha chiqindilar shu axlattepaga olib kelinadi. Ana shu axlatlar orasida 40 ming odam ham yashardi. Ularni zabbalin – “chiqindi odamlar” deb atashardi. Bu “zabbalin”lar har kuni 10 million odamning chiqindisini qo‘llari bilan saralar (sortirovka)di. Plastik, shisha,  metall, suyaklar, ovqat qoldiqlari va boshqalariga ajratilganidan so‘ng: ovqat qoldiqlari cho‘chqalarga, metall parchalari sotuvga, qolgan barcha narsalar kun kechirishga yo‘naltirilardi. Bu odamlar maktab, kasalxona, uy-joy, vodoprovod, kanalizatsiya, elektr energiyasidan mahrum edi.

 

Rohiba ayol  Mokattamga keladi va shu yerda yashab qolishga izn so‘raydi. Zaballin odamlari hayron bo‘ladi: shu paytgacha hech bir odam  bunday dahshatli hayot tarzini o‘z ixtiyori bilan tanlamagandi. Emmanuel bu manzilda hayot kechirishni boshlarkan, chidab bo‘lmas voqelik bilan yuzma-yuz keladi: qizaloqlar 12 yoshidan boshlab bola ko‘rar, shundan so‘ng qariyb har yili tug‘ardi. Chaqaloqlarning katta qismi infeksiyadan nobud bo‘lardi. Vaholanki, bu infeksiyani normal sharoitda arzimas pulga davolash imkoni bor edi.

 

Sortirovka”da har kuni erkaklarning qo‘llarini shisha kesar, dori-darmon nari tursin, hatto jarohatni yuvishga toza suv ham yo‘q edi.  Mokattam aholisining qariyb barchasi savodsiz bo‘lib, hech kim o‘qishni ham, yozishni ham bilmasdi. Emmanuel bu yerga dindan va’z aytish, nargi dunyodagi jannat haqida rivoyatlar so‘zlash uchun kelmagandi. Uni bu yerga shu odamlar bilan birga yashash, ularning dardiga sherik bo‘lish va qo‘lidan kelganicha yordam berish maqsadi yetaklab kelgandi...

 

U pul so‘rab Fransiya va Yevropa boylariga maktublar yozadi. Homiy tashkilotlar topadi. Va 1980-yil birinchi maktabni qurish uchun yetarli pul to‘playdi. Keyin esa rohiba ayol birinchi kasalxona qurilishiga erishadi. Bu kasalxonaga malakali vrachlar, hamshiralarni ishga jalb qiladi. “Chiqindi odamlar”ning barchasi umrida birinchi marta yuqumli kasalliklarga qarshi emlanadi. Ayollar markazini barpo etishga ham pul topadi. Xotin-qizlar bu yerda o‘qish, yozishni o‘rganar va zamonaviy kasb-hunar egallardi. Tinib-tinchimas rohiba Yevropa boylaridan yana pul undirib chiqindilarni qayta ishlaydigan zavod quradi. Endi odamlar rostakamiga doimiy ish va daromad bilan ta’minlanadi. Musulmon, xristian din peshvolarining qarshiligiga qaramasdan erta homiladorlikdan qizlarni himoyalash choralarini topadi.

 

U ana shunday og‘ir sharoitda 20 yildan ziyod “axlattepa”da barcha zamonaviy sharoitlardan mahrum holda yashadi. Zabbalin odamlari un “Emmanuel Ona” deb atashadigan bo‘ldi. U “Chiqindi odamlar” hayoti haqida kitob yozadi. Fransiya, butun Yevropada mashhur shaxsga aylanadi. Uni prezidentlar, jurnalistlar, siyosatchilar uchrashuvlarga taklif eta boshlaydi. U o‘z mashhurligidan chiqindilar orasida yashayotgan odamlarning og‘irini yengil qilishga mablag‘ to‘plash uchun foydalandi. Hamon chiqindilar orasida beton parchasidan tiklangan kulbada yashasa-da, millionlab pullarning bir tiyinini ham o‘zi uchun sarflamaydi. 

 

Rohiba ayol 2008-yil, uyqusida vafot etadi. 

 

Uning o‘limi Fransiyaga nisbatan Misrda chuqur qayg‘u bilan motam qilindi.  Zabbalinlar “Emmanuel Ona” xotirasiga bag‘ishlab marosim o‘tkazdi, unga yuzlab odamlar keldi. Marosim qatnashchilari orasida ilgari chiqindi to‘plovchi bo‘lgan, keyinchalik esa Emmanuel ona tufayli shifokor, o‘qituvchi, hamshira va muhandisga aylangan insonlar bor edi. Endi ularning farzandlari allaqachon butunlay boshqacha dunyoda – o‘qishni, ta’lim olishni va kelajak haqida orzu qilishni biladigan muhitda ulg‘ayishardi. Buning barchasi oltmish uch yoshida hayotini qaytadan boshlashga qaror qilgan bir ayol tufayli sodir  bo‘lgandi.

Uning hikoyasidagi eng hayratlanarli jihat u minglab odamlarga yordam berganida emas, balki buni aynan qachon boshlaganidadir. Ko‘pchilik odamlar oltmish uch yoshida nafaqaga chiqib, xotirjam hayot haqida o‘ylay boshlaydi. Emmanuel esa hayotining ikkinchi yarmi birinchi yarmidan ham muhimroq bo‘lishiga qaror qildi. U Qohiraning eng ko‘zga tashlanmaydigan, unutib qo‘yilgan, qashshoqlik girdobiga tushib qolgan, umidi so‘ngan insonlari orasida bo‘lishga qaror qildi. Rohiba ular bilan birga ovqatlandi, ular orasida yashadi, ularning jarohatlarini yuvib-tozaladi, nomma-nom tanishdi va hech qachon ulardan o‘z shuhrati yo‘lida  foydalanmadi. Uning iqroriga ko‘ra, odamlarga nasihat, turli cho‘pchaklarni so‘zlab berish, da’vatlar emas, samimiy mehr kerak, xolos. Emmanuel onaning merosi – maktablar, klinikalar, zavodlar, ayollar markazlari va minglab bolalarga boshqacha hayot uchun berilgan imkoniyatlardir. Buning barchasi bir ayol bir kuni chiqindixonaga kelib, uni tark etishdan bosh tortgani sababli amalga oshdi.

 

Internet materiallari asosida Jaloliddin SAFOYEV tayyorladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 145
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 243
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 451
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 676
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234207
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113464
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67953
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56953
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51384
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39547
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39402
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39280
“Avesto”

//