Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat


Saqlash
09:04 / 15.04.2026 0 834

Orziqul ogʻa (Ergash)ning rivoyati. Bir kishi yaxshigina joyda ishlar ekan. Lekin maoshini u oydan bu oygacha yetkazolmay, koʻpchilikdan qarz boʻlib qolar emish. Shunda u kishi shayxning huzuriga borib, vaziyatini tushuntiribdi. Shayx huzuridagi odamning boshligʻiga xat yozib beribdi. Maktubda “Hurmatli saxiy rahbar, bu xodimingizning maoshini ozgina kamaytiring”, deb yozilgan ekan. Oradan bir oy oʻtib, xodim shayxning huzuriga boribdi. Yana oʻsha dod-voy – qarz boʻlib qolishi va baraka yoʻqligi... Shayx oʻtgan safargi xatni takror yozib beribdi. Vaqtlar oʻtib, yoʻlda shayx xodimni uchratibdi. “Qanday endi?” deb soʻrabdi. “Yaxshi, hammasi joyida, hech kimdan qarz emasman, uyimda baraka bor. Ammo tushunmadim, nega har safar borganimda maoshimni kamaytirish haqida boshligʻimga xat berdingiz?”, debdi kishi. Shunda shayx “Chunki endi olayotgan maoshing bilan ishlayotgan harakating posangisi teng boʻldi”, degan ekan.

 

Gʻiyos OʻNAR sahifasidan

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:10 / 14.10.2026 0 288
“Bir pulga qimmat” iborasi tarixini bilasizmi?

Hikmat

17:09 / 11.09.2026 0 363
Kuni irimga qolgan ilm



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 237236
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115631
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 69546
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 59402
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52891
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 42823
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40728
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40371
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//