Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
01:12 / 08.12.2021 5 223206

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

Abubakr

12:01 / 01.01.1970

oppoq qog'oz qora dog. bu narsani bir insonning hayoti misolida kurishimiz mumkin.bir mumin yaxshi bir inson hayoti davomida faqat toat ibodatda buldi insonlarga yaxshilik qildi. bilamiz haqiqiy muminguzal xulq egasi birovni kunglini og'ritmaydigan darajada buladi.lekin orada shayton bor bir gunox ish qilib quydi. uni hamma bildi . keyin odamlaruni mumin sifatida emas, balki gunoxkor sifatida taniy boshladi birgina xato .hamma ham adashadi ku degan gap yuq usha qilgan xato yuzga solinaveradi ana shu qora nuqta butun boshli varaqni buzadi biz shuning uchun usha qora dog'ga ehtiyot bulishimiz kerak

Mohichehra Xurramova

12:01 / 01.01.1970

Reja: 1. Professorning mulohazaga undaydigan harakati va bunga talabalarning fikri. 2. Professorning jamiyatimizda hukm surayotgan qarashlar: jumladan, bir insonning birgina xatosi uchun atrofdagilari tomonidan kechirilmasligi ya'ni oq qogʻozga e'tibor bermasligi tufayli, hayoti xarob boʻlishini toʻxtatishga urinishi. 3: Odamlar koʻproq atrofdagilarining yaxshi tomonlariga e'tibor berish kerak. Xulosa

Hayotbek

12:01 / 01.01.1970

Hayotda hamma insonlar faqat xatolarni ko‘rishadi.Hamma yaxshiliklarni unutib yuborishadi,lekin xatodan ko‘ra yaxshiliklar ko‘p.Inson kechirimli bo‘lishi kerak,Alloh kechirimli bo‘lgan insonlarni yaxshi ko‘radi.

Maftuna

12:01 / 01.01.1970

Toʻgʼri har bir insonning hayotida qora dogʻlar boʻlib turadi. Agarda biz intilsak oʻsha qora dogʻlarni oʻchirishimiz mumkin.Biz dogʻlarni oʻchiramiz toʻgʻri lekin bir tomoni ham bor lekin u avvalgidek oʻz xoliga qaytmaydi.Qora dogʼlarda unutamiz lekin vaqti keldi bazilar shu dogʼni esingga soladi va Indi bitgan yuragingni oʻsha dogʼni aytib qayta yuragingni qayta nimtalayti.Hammani hayotida qora dogʻlar boʻladi.Agar biz xoxlasak uni toʻgʼirlashimiz ham mumkin

Muxlisa

12:01 / 01.01.1970

Ba'zi bir insonlar shunday bo'lishadi.Ularga 99 kun yaxshilik qilasz mexribonchilik ko'rsatasz ammo 1kun ishiga yaramasangiz sizdan yomon inson yo'q ular uchun.Bunday insonlar xudbin bo'ladi o'z manfaati uchun siz bilan munosabatda bo'ladi.Inson insonga g'animatdir bir og'iz shirin gap va olam gulistondir. Insonlarga ularning harakatlariga yaxshi ko'z bilan qarashga harakat qilish kerak. Hattoki oddiygina kaktus ko'zimizga xunuk, ko'rimsiz, e'tiborga arzimaydigan bo'lib ko'rinadi. Shunchaki, hamma ham uning yaxshi taraflarini ko'ra olmaydi, unga ham e'tibor berilsa, undan ham gul ochilishi mumkin. Mexr e'tibor eng keraklisidir. Birgina xato insoning hayotini buzib yuborishiga yo'l qoymaslik kerak deb o'ylayman!

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1267
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 245
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 260
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 200
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 217
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223208
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106779
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48878
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 37065
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35472
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29657
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28569
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28504
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//