Milliy urf-odatlar


Saqlash
22:08 / 04.08.2023 4 39076

Milliy urf-odatlar – millatning turmush-tarziga singib ketgan, uning shakllanishi va rivojiga xizmat qiladigan ijtimoiy madaniy hayotida oʻz aksini topgan, doim takrorlanib turadigan xatti-harakat, koʻpchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari va koʻnikmalar koʻrinishidir. Milliy urf-odatlar bizning xalqimizda oʻziga xos oʻzbekona tarixiy xususiyatlarga ega boʻlib, anʼanaviy va zamonaviy koʻrinishlarda namoyon boʻladi. Milliy urf-odatlar alohida olingan shaxs va millat doirasida shakllanib boradi. Masalan, oʻzbeklarda kichiklarning kattalarga salom berishi, erta turib uy hovlini supurib-sidirib, mehmonlarga alohida izzat-ikrom koʻrsatish, bayram arafasida betob va qiynalganlar, yordamga muhtojlar, qariyalar holidan xabar olish shular jumlasidandir. Mustabid tuzum davrida koʻplab urf-odatlarimiz eskilik sarqiti deb poymol qilindi, bu esa yoshlar taʼlim-tarbiyasiga milliy oʻzlikni asrab-avaylashga va shu orqali oʻzbek millatining maʼnaviy rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Milliy urf-odatlar millat va elatning tarixi, anʼanalari, xalq ogʻzaki ijodi, sanʼat va adabiyoti, turmush tarzi va boshqa omillar taʼsirida shakllanib, takomillashib boradi.

 

Milliy urf-odatlar millatning, elat va etnik guruhlarning oʻziga xos qiyofasini belgilovchi xususiyat. Masalan, millatimizga xos boʻlgan qudachilik urf-odatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, shoʻrolar davrida “Beshik toʻyi” eskilik sarqiti, deb tahqirlangan edi. Vaholanki, beshik u bilan bogʻliq urf-odatlar milliy madaniyatimizning tarkibiy qismi boʻlib kelgan. Milliy urf-odatlar va anʼanalar har bir millatda oʻziga xos tizimni tashkil etadi, xalq tomonidan turmush tarzining zaruriy sharti deb qabul qilinadi. Milliy urf-odatlarga befarqlik kishini, millatni oʻzligidan uzoqlashtiradi. Milliy urf-odatlarda vatanga, millatga boʻlgan hurmat-eʼtibor va sadoqat tajassum topadi. Mamlakatimizda istiqlol tufayli 130 dan ortiq millat va elat vakillari urf-odat va anʼanalarini asrab avaylash, takomillashtirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bu hol millatlararo munosabatlarning rivoji, oʻzaro doʻstlik va totuvlik rishtalarining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

4 Izohlar

Dilnavoz

01:05 / 08.05.2024

Menga umuman foydasi tegmadi, juda yomon ekan👎👎👎

...

03:04 / 25.04.2024

Menga yoqdi👍👍👍

Qwertyuıopğüasdfghjklşizxcvbnmöç,.1234567890!@#$/^&*(-'",:;?)+×÷=<£€¥₩>{%~`´}[•✓_\]|«¿¡»

02:04 / 25.04.2024

menga yordam bermadi

Hilola

14:04 / 17.04.2024

Menga foydasi tegdi katta raxmat

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

14:01 / 16.01.2025 0 122
Qurib ketsin muzeying!..

Qatra

12:01 / 13.01.2025 0 422
Muallimdan tayoq yegan sulton



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 220516
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 105316
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 39077
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 31582
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 30236
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 28366
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 26594
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 24765
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//