Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
01:12 / 08.12.2021 5 223115

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

Xosse

12:01 / 01.01.1970

Oq qoʻgʻoz insonning yaxshiliklari, qora doʻgʻ esa yomon ishidir.Har doim insonlarning yomon tomonini koʻrishga oʻrgangan biza.

Sabrina_05_07

12:01 / 01.01.1970

H.amma insonlar ham yaxshi hayot kechirishadi deb ham aytolmaymiz .Hammaning hayotida kungulsiz vaziyatlar ham bulib turadi.Bu kungulsiz vaziyatlarni osonlikcha yengib bulmaydi hamma narsaning qiyinchiligi bulgani kabi kungulsiz vaziyatlarni ham uz qiyinchiligi mavjud.qiyinchiliklarni yengishda eng asosiy bulgan narsa har doimo takidlanganidek sabr buladi.Sabr qilib;hayotning og"ir yengil kunida bardoshli chidamli bulgan insonlar har safar qanday qiyinchilik bulmasin u qiyinchilikdan birin-ketin utishadi.har bir insonga qancha yaxshilik qilsangiz ham siznning birgina bilib-bilmay qilgan xatoyiz tufayli sizni butun umrlari davomida eslashadi.ular hech qachon yaxshiligiz va bittayu bitta xatoyizni taqqoslashmaydi....... Kimga qanaqa bilmadimu lekin mening fikrim shunaqa.matnga murojaat uchun @ Sabrina_05-07

Mohi

12:01 / 01.01.1970

Juda mazmunli ... hayotimizdagi roy berayotgan voqelar bn chambarchas bogliq

Asadbek

12:01 / 01.01.1970

white paper is the ,,yaxshilik’’ of people and black paper is the ,,yomonlik’’of people

SARVAR

12:01 / 01.01.1970

Bu qora oq va qora bir insonning yaxwi va yomon hislatlaridek

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1247
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 230
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 249
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 188
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 206
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223116
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106721
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48655
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 36922
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35297
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29605
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28516
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28371
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//