Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
01:12 / 08.12.2021 5 224884

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

Guli

12:01 / 01.01.1970

To‘g‘ri biz hayotimizda qanchadan qancha yaxshilik qilamiz lekin bir gina xato qilib qo‘ysak ana anashu insonlarning ko‘ziga ko‘rinadi va bizni yomon ko‘rib qolishadi. Insonlarga bildiradigan fikrim tangani ikki tomoni bor bir emas. Tushungan tushundi gappimni!!

Rustam

12:01 / 01.01.1970

Insonlarning oldida shunday odamlar bo'ladiki do'stingman deb yurishadi va bir hato qilib qo'ysang seni ustingdan kulishadi va qilgan yaxshiliklaringni tezda unutib yuborishadi lekin birgina qilib qo'ygan xatoyingni hech qachon eslaridan chiqarishmaydi.

Shabbona

12:01 / 01.01.1970

Oq qogʻoz va qora dog :insonlar bu soʻzlarni oqishganda nmani his qiladi bzga birinchi shu muhim .Hammani hayotida yaxwi yomon kunlari boʻldi huddiki oq qogozga qora dog tekkani kabi insonlar tez fikr qabul qilmasligi kk oylab iw qiliw maqsadga muvofiq

muharramoy

12:01 / 01.01.1970

toʻgʻri hamma shunday boʻlishi kerak. agarda bironta odamni dilini,koʻnglini ogʻritsak bu ham oq qoogʻoz qora dogʻdek gap

Yasmina

12:01 / 01.01.1970

Proffessirning fikriga qoʻshilaman.Axir hayotda hamma ham bir xil emasku.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 364
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 339
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 334
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 342
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224885
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107784
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55297
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 40345
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39987
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31542
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30639
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30051
Alpomish

//