Yigit va o‘git


Saqlash
12:05 / 04.05.2026 0 593

Yigit va o‘git so‘zlarining bir-biriga qanchalar yaqinligi, ohangdoshligi haqida anchadan beri o‘ylab yuraman. E’tibor qilsangiz, ularning tuzilishi, qolipi bir xil, quyib qo‘yganday o‘xshash. Mahmud Koshg‘ariy har narsaning yoshi yigit so‘zi bilan ifodalanishini aytib o‘tgan, demak, bir paytlar jonivorlarning yoshini ham, daraxtlarning yoshini ham yigit deb atashgan ekan-da. Qoshg‘ariyning bu fikriga Solih Mutallibov hozirgi o‘zbek tilida yigit so‘zi faqat odam bolasiga xos bo‘lib qolganligi haqida izoh bergan.

 

O‘git so‘zida o‘g – aql, es ma’nosini anglatishini ko‘pchilik biladi. Yusuf Xos Hojibning Qutadg‘u biligidagi O‘gdulmishning oti ham shundan olingan. Mahmud Qoshg‘ariy yoshi ulug‘ va aqllilarga o‘ga laqabi berilganini, to‘rt yoshdan oshgan otlarni o‘g at deyishlarini ta’kidlab o‘tgan. Qoshg‘ariy o‘gsuz degan so‘zni ham keltiradi va uni yetim, nima qilarini bilmovchi, o‘ksiz deb sharhlaydi. Bir qarashda o‘gsuz – yetimni aql o‘rgatuvchisi yo‘q deb tushunish mumkin. Lekin O‘gsuz ona ma’nosidagi o‘g so‘zidan bo‘lishi kerak. V asrdagi Enasoy bitiklarida va Kultegin bitigida o‘g so‘zi ona ma’nosida qo‘llangan. Balki o‘gay so‘zi ham bunga aloqador bo‘lishi mumkin. Bizningcha, o‘gsuz so‘zi hozirgi o‘ksik so‘ziga yaqinday tuyuladi. Biroq Qoshg‘ariy o‘ksik so‘zi eksök shaklida bo‘lganligini aytib o‘tgan.

 

Turkiy tillar etimologik lug‘atida yigit so‘zining o‘zagi yigyaxshi, zo‘r, yengib o‘tuvchi ma’nolarida izohlangan (yig so‘ziga -t qo‘shimchasi qo‘shilgan, o‘gitdagi kabi).

 

Mulohaza uchun yana bir ma’lumotni qistirib o‘tsam: qadimgi tilimizda yigi degan so‘z boquvchi, tarbiyalovchi mazmunini ham bildirgan.

 

Yigitlar xalqlarning maqtovi, ko‘rki,

Naslning gavhari, davlat tayanchi.

 

G‘afur G‘ulom

 

Uyda tinchi bo‘lsin yigitning avval,

So‘ngra butun bo‘lsin do‘stning iymoni.

Inson yuragini tilkalar azal,

Shu ikki narsaning buyuk armoni.

 

Abdulla Oripov

 

Eshqobil SHUKUR

 

Boboso‘z izidan kitobidan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

17:09 / 11.09.2026 0 19
Kuni irimga qolgan ilm

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 346
G‘ururdan baland mehr



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236776
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115328
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68975
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58589
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52530
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41571
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40164
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40163
Alpomish

//