Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
01:12 / 08.12.2021 5 223194

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

Rayyona

12:01 / 01.01.1970

Insondagi qora doğni hamma ham kõr vermaydi masalan , Ota -Onamiz butun qoğoz tõla qora doğ bõlsa ham birgina oq nuqtani kõradi va Ota -Ona xech qachon farzandini yomonlamaydi

Sarvinoz

12:01 / 01.01.1970

Ha juda zòr ekan proffesorga qoyil qolish kerak

Kumushoy

12:01 / 01.01.1970

Insonlar doim birinchi bo‘lib yaxshilikni emas yomonlikni ko‘radilar. Insonlar uchun qancha yaxshi bo‘lma baribir ular kamchiliklaringni qidiravarishadi. Insonlarga nima kerak o‘zi? Yaxshi bo‘lsang ham gapirishadi yomon bo‘lsang ham gapirishadi

Dilfuza

12:01 / 01.01.1970

Afsuski hozirgi kunda oq qoğozdagi qora nuqtani koʻradigan odamlar koʻpayib ketmoqda.odamlar ularga qilingan yaxshiliklarga emas,balki,ularga qilingan yomonliklarga koʻproq eʼtibor berishadi.

Guli

12:01 / 01.01.1970

Bunda hamma faqat qora nuqta haqida yozgan.Biz bundan hayotimizni misol qilishimiz mumkin.Chunki inson bilib bilimin durib xato atib qõysa hamma shu odamni yomon tarafini õylidi va shu qilgan xatosi ancha vaqtgacha hammaning esida qoladi.Lekin insonning yaxshi taraflariyam koʻp aslida

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1262
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 243
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 258
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 199
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 216
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223195
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106770
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48845
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 37041
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35444
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29647
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28557
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28486
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//