Alpomish


Saqlash
17:05 / 03.05.2023 1 30634

Alpomish – oʻzbek xalqining ming yillar davomida yaratilgan qahramonlik dostoni. U xalqimiz orasida juda keng tarqalgan va asrlar davomida baxshilar tomonidan kuylab kelingan. “Alpomish” dostoni – butun oʻzbek xalqining maʼnaviy mulkidir. Mustaqillik imkoniyatlaridan biri sifatida milliy iftixorimiz boʻlgan “Alpomish” dostonining toʻla ravishda xalqimizga yetkazilishi madaniy taraqqiyotimizdagi ulkan voqeadir. “Alpomish” dostoni qon-qardosh turkiy xalqlar, shu jumladan, uning katta bir boʻlagi – oʻzbeklar orasida qadim-qadim zamonlarda xalq donoligi-yu, baxshi-shoirlar zukkoligi, katta talant-isteʼdodlari tufayli yaratilgan. Doston asrlar davomida avlod-ajdodlar, yoshlarning maʼnaviyati, madaniyati, axloq-odobi, ulardagi Vatan, millat tuygʻularini oʻstirish, shuningdek doʻst-birodarlik, oriyat, mardlik, bahodirlik, pahlavonlik, qatʼiyatlilik kabi fazilatlarni shakllantirish va kamolga yetkazishda muhim ehson, muhim tarbiya vositasi boʻlib kelgan. “Alpomish” ota-bobolarimiz ijodiy dahosining bebaho badiiy yodgorligi, jahon xalqlari epik ijodiyoti namunalari ichida alohida oʻrin tutuvchi, mustaqil rivojlanishimiz davrida millat birligi va maʼnaviy uygʻonish, milliy gʻurur va oʻz-oʻzini anglash ramzidir.

 

Bu doston yaratilganligining katta toʻyini xalqaro nufuzli tashkilot UNESCOning 1999-yildagi tadbirlari rejasiga kiritilgan. “Alpomish” dostoni yosh avlodni mardlik, jasurlik, oriyat, yuksak axloq, pok muhabbat, muhabbatga sadoqat, diyonat, imon-eʼtiqod, mehnatga ishtiyoq, yurtsevarlik, xalqparvarlik, oilaga, Vatanga fidoyilik ruhida tarbiyalaydi.

1 Izoh

Rustam

23:09 / 11.09.2023

Bu doston menga juda yoqdi.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 132
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 98
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 556
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 520
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225730
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108252
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55899
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41293
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40617
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31894
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30983
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30635
Alpomish

//