Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
01:12 / 08.12.2021 5 223112

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

SHaxnoza

12:01 / 01.01.1970

Inson hayotga oppoq qogizga ohshab dunyoga keladi.Dunyoda har hil odam bor kimdir yaxshi kimdir yomon. Bizning hayotimiz ham shu oq qogozdagi qora nuqtaga oxshaydi. Biz insonlarga yordam berishimiz, bir birimizni qaygurishimiz kerak. Agar insonlarga yordam bersak, mehrli bolsak hayotimiz juda gozal va chiroyli boladi

Dilnoza

12:01 / 01.01.1970

Har bir inson hayotida wunga oxshash oq va qora doglar boladi lekin oq doglar qora doglarga qaragamda koproq ammo bitta qilingan xato tufayli insonlar faqat osha qora dogni korishadi Bu esa achinarli hol

Joʻrabek

12:01 / 01.01.1970

Men ham hayotda koʻp insonlarni koʻrdim ularning orasida yaxshi insonlar koʻproq ularning ichida tomonlari ham

Qudratbek

12:01 / 01.01.1970

fikr qoldirganilar uchun raxmat 9 sinf imtinda foydasi juda katta boldi

Haydarova Dilbar.

12:01 / 01.01.1970

Yomon inson aslida yomon boʻlib tugʻilmaydi. Uni shu holga tushib qolishida atrof muhit katta rol oʻynaydi. Inson xato qildimi uni albatta tuzatish mumkin. Ammo ba'zi insonlar bunga ishonmaydi va faqat qora nuqtani ya'ni yomomlik va ayblarni ko'rishadi. Oʻsha Ya'ni tuzatishga boʻlgan harakatlarni va u insonning yaxshliklarini ko'roshmaydi. Ammo shuni yodda tutish kerakki Qogʻozdagi qora doogʻdan koʻra oq qismi koʻbroq.🙂🙂

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1247
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 230
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 249
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 188
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 206
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223113
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106717
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48655
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 36922
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35296
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29605
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28516
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28371
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//