Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
01:12 / 08.12.2021 5 228521

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

♡♡♡♡♡

12:01 / 01.01.1970

Iltimos ko‘proq izoh qoldiringizlar men imtixonda shu haqida bayon yozman bu muhim. Agar bunga ''REJA"ngiz bulsa yozingizlar °♡♡♡

Shaxrinoz

12:01 / 01.01.1970

Juda zor 👍👍👍👍👍

Diln♡︎za

12:01 / 01.01.1970

To'g'ri hozir bir insonga bir marta yomonlik qilsang umrbod yodlarida saqlab yurishadi. Ammo mobodo yaxshilik qilib ko'r o'sha zahoti unitishadi. Tangani ikkinchi tomoniyam borda. Insonlargayam hayronman. Huddi o'zligi oppog'de birovni hayotini muhokama qip tashiydigan darajada

Muhabbat

12:01 / 01.01.1970

Juda ham tõğri biz doim qora nuqtaga etibor beramiz lekin qora nuqtaga qaraganda oq joy kõp. Bundan tushuniah mumkinki bitta xatoni kõrsak hamma yaxshiliklarni unutamiz.

Diyora

12:01 / 01.01.1970

Juda ham zo'r

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 324
Qahramon

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 885
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 917
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 228522
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110111
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 59007
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 46764
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 42867
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 36565
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 34760
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31961
Kompetentlik

//