
* * *
Men ikki insonning eng katta haqiqatni topish uchun bir ehtirosni ulashishini ishq deb hisoblayman.
* * *
Kam bilgan va kam o‘ylagan odam ko‘proq gapiradi.
* * *
Bir insonga qilinadigan eng yomon narsa – uni uyaltirishdir.
* * *
Odam shu qadar azob chekadiki, barcha maxluqotlar ichida birgina u kulishni ijod qilishga majbur bo‘ladi.
* * *
Mening xayolimdagi muhabbat – ikki insonning bir-biriga ega chiqish tuyg‘usidan ancha olisdagi his.
***
Inson ruhi qilgan tanlovlari asosida shakllanadi
* * *
Odamlar asosan yorug‘lik bor joyda to‘planishadi, buning sababi bir-birini yaxshiroq ko‘rish emas, bir-biridan yaxshiroq ko‘rinishdir.
* * *
Seniki bo‘lgan haqni birovga berma, uni mutlaq senga berishsin.
* * *
Siz yuksalishni istasangiz tepaga qaraysiz, men esa aksincha, quyiga.
* * *
Shubha emas, qat’iylik insonni telba qiladi.
* * *
Ishonamanki, meni o‘ldirmagan narsa albatta qudratli qiladi.
* * *
Dunyoda hech narsa odamni kin saqlash tuyg‘usi qadar eskirtirmaydi.
* * *
Kimningdir fikricha, yolg‘izlik – xasta odamning boshqalardan qochishidir, kimningdir mulohazasiga ko‘ra esa xasta odamlardan qochishi.
* * *
Hamisha shogird bo‘lib qolaveradigan inson ustoziga qarzini to‘lamayotgan bo‘ladi.
* * *
Bizlar orzu qilgan narsamizdan ko‘ra, orzu qilishga ko‘proq moyilmiz.
Rahmat Bobojon
tayyorladi
Qatra
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Hikmat
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q