Ona tilimizning abadiyati nima bilan kafolatlanadi?


Saqlash
11:09 / 05.09.2025 0 1278

Milliy maʼnaviyatning asosi milliy til dedik. Shu masalada yana bir gap. Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda “maʼnaviyat shaxsiy masala, unga davlat ham, boshqalar ham aralashmasligi kerak” degan maʼnodagi chaqiriqlar paydo boʻlyapti...

 

Xalqimizda el tushunchasi juda aziz tushuncha. El xudbinlikni, individualizmni, yakka shumshuklikni yomon koʻradi. Maʼnaviyat shaxsiy masala emas. U osmondan tushganday yo yerdan chiqqanday bir odamning ichida toʻsatdan paydo boʻlib qolmaydi. Odam doʻkonda sotiladigan qoʻgʻirchoq emas-ku. Ota-ona, bobo-momo degan gaplar bor. Men oʻz ichimdagi maʼnaviyatning 55 foizini ota-onam, bobom va momomdan olganman desam, toʻgʻri boʻladi. Qolgan 45 foizi koʻrib-kechirganlarim va oʻqiganlarimning tuhfasi. Mening maʼnaviyatim mening maʼnomdir. Bu maʼnoni faqat oʻzim tiklaganman desam, yolgʻonchilik va xudbinlik boʻladi. Aytganimday, bobom, momom, otam, onam, qadrdon maktabim, universitetim, elim, ona yerim… Maʼnaviyat elga taalluqli. Maʼnaviyatli odamlarning birlashuvidan el paydo boʻladi. Yanayam aniqrogʻi, odamlar maʼnaviyatni emas, maʼnaviyat odamlarni birlashtiradi, xuddi Ona Til kabi. Maʼnaviyatsiz odamlar birlashsa, poda paydo boʻladi. Milliy til mahv etilgan joyda maʼnaviyatsizlik zaharli qoʻziqorinlarday potirlab gullaydi. Chunki, unda el yoʻqoladi. Bunday falokatdan har bir xalqni Xudoning oʻzi asrasin!

 

Eshqobil SHUKUR,

“Ona tilimizning abadiyati nima bilan kafolatlanadi?” maqolasidan

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 314
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 421
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 644
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235053
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114349
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68263
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57309
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51658
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40264
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39650
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39542
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//