“Yupatdi”ning ma’nosi “aldash”mi – Koshg‘ariy nima deydi?


Saqlash
09:07 / 07.07.2025 0 1179

Falonchi pistonchini yupatdi gapida zarracha salbiy bo‘yoqni sezmaymiz, aksincha, ko‘ngilga qarash, birovni alqash, o‘zgani ehtiyotlash ma’nosidagi yaxshi jihatlarni tushunamiz. Lekin manbalarning guvohlik berishicha, bu so‘z aslida “aldadi”, “boshqa birovga to‘nkadi”, “bilib turib bilmaslikka oldi” degan ma’nolarni anglatar ekan. Mahmud Koshg‘ariy “Devon”ida bu so‘zga quyidagicha izoh bergan:

 

Jupattї – ishga g‘ofillik qildi, boshqaga yukladi. Ol їshїg‘ jupattї – u ishni bilmaslikka soldi, boshqa birovga to‘nkadi. Jupatur, jupatmaq asli “aldash” ma’nosidadir. O‘g‘uzlar ol anї jupїladї deydilar – u uni aldadi demakdir.

 

Yoshi o‘tgani sari ba’zi odamlar yomon qiliqlarini tashlab, yaxshi tomonga o‘zgarib borgani kabi ba’zi so‘zlar ham salbiy ma’nodan ijobiy tomonga o‘zgarib ketadi.

 

Lekin, yupatmoq so‘zida hozir ham “aldamoq, chalg‘itmoq” ma’nosi qisman bo‘lsa-da saqlangan. Masalan: “Aldab-suldab yupatib qo‘yarsan”.

 

Eshqobil SHUKUR

 

Boboso‘z izidan kitobidan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

11:06 / 12.06.2026 0 129
Ignani qayerdan izlaysiz?

Hikmat

10:06 / 12.06.2026 0 188
O‘g‘lim, men oxirgi vagondaman...

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 360
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235312
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114530
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68401
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57495
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51870
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40618
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39724
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39635
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//