Qahramon


Saqlash
11:09 / 17.09.2025 0 1359

Uchta togʻam bor. Uchalasiyam “rassiyachi” edi. Ikkitasi haliyam “rassiyachi”. Faqat bittasi 5-6 yilcha ishladi-yu, topganiga mol-qoʻy qilib, shuni orqasidan roʻzgʻor tebratdi. Oʻziga shu yoqadi, moldoʻxtir-da. Ayrimlar, ayniqsa, xotini togʻamni noshudga chiqardi, “Ikkita oʻgʻling boʻlsa, kuching borida uy-joyni harakatini qilmaysanmi”, degan dashnomlar ostida yashadi. Lekin togʻam bitta zoʻr ish qildi: bolalarini oʻqitdi. Qiynaldi, qarz boʻldi, kam yedi, kiymadi, lekin bollarini oʻqitdi.

 

Esimda, ukalari togʻamning koʻzini ochirishmasdi, “bollaringni semirganini qara, bu tengilar dalada ketmon chopyapti, non topyapti, senikilarning qoʻlidan kitob tushmaydi, boqibegʻamlar, onasini qornidan tushgandan beri kursga boradi”, degan gaplar boʻlgan. Lekin togʻamning hech kim bilan tortishib-bahslashganini koʻrmaganman. Feʼli keng odam edi.

 

Hozir oʻsha qoʻlidan kitob tushmaydigan ogʻillarning biri Dubayda yoʻl qurilish kompaniyasida injiner, bittasi otasining yoʻlidan borib, ichki ishlarda kinolog boʻlib ishlayapti, Toparmon-tutarmon yigitlar.

 

Togʻam haliyam mol boqadi. Nima qilibdi shunga, ukalaridek sovuq oʻlkalarda kimlargadir qaram boʻlib ishlayotgani, oilasini bir yilda bir koʻrayotgani, buyragini sovuqqa oldirgani yoʻq. Kichik togʻalarimning esa dangʻillama uyi hanuz bitmadi. Bitmaydiyam. Bolalariyam oʻzlaridek “rassiyachi” boʻldi. Qachonlardir akasining bolalariga namuna boʻlgandir, lekin hozir ularga faqat havas qiladi.

 

Togʻam otalik, erkaklik, insonlik vazifasini aʼlo darajada yashab oʻtyapti. Dangʻillama uyiyam bor, quvonarlisi, bu uchun u yillab umrini sovuq oʻlkalarda oʻtkazmadi, qul boʻlmadi, shunchaki yuragi buyurgan ishlarni qildi. Togʻam qahramon!

Oygul HAMIDULLAYEVA

Foto: Behzod BOLTAYEV

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 163
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 258
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 476
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234279
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113499
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68036
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57060
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51446
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39924
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39568
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39451
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//