Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?


Saqlash
15:07 / 10.07.2025 0 427

Uzoq okean sayohatdan so‘ng, Amerikaga kelganlarni Ozodlik haykali kutib oladi. Bedlou orolida qad ko‘targan bu haykalga yangi dunyo ramzi sifatida qarashadi. AQSh uni mustaqilligining 100 yilligi munosabati bilan Fransiyadan sovg‘a sifatida qabul qilgan. Lekin Amerikadagi eng boy va maftunkor ayollardan biri bu haykalga “yuzini bergan”ini ko‘pchil bilmasa kerak. Uning ismi – Izabella Boyer edi.

 

Izabellaning hayoti haqiqiy romanga o‘xshaydi. U 20 yoshida tikish mashinalari ixtirochisi, 50 yoshli Isaak Zingerga turmushga chiqadi. Uning vafotidan so‘ng esa Izabella mamlakatdagi eng boy ayolga aylanadi.

 

Go‘zal, boy, zehnli ayol – uni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmasdi. Shu sababdan haykalga yuz modeli sifatida aynan uning chehrasini tanlashadi. U Amerika orzusining tiniq ifodasiga aylangandi.

 

Erkinlik ramzi bo‘lgan bu ayol Parijda tug‘ilgan. Uning otasi Afrikadan kelgan qandolatchi, onasi esa ingliz edi. Yangi tug‘ilgan qizaloqqa Izabella deb ism qo‘yishgan (o‘shanda go‘zal ism go‘zal taqdirga olib boradi, deb ishonishgan). Ayollik jozibasi unda benuqson bo‘lgan. Yoshligidan modellik qila boshlaydi, ammo muvaffaqiyat uchun go‘zallik yetarli bo‘lmadi – tanish-bilish va to‘g‘ri muhitga ehtiyoj sezildi. Shunday ekan, u xalqaro shaharlarni “zabt etish” uchun safarga chiqadi.

 

Oradan yillar o‘tib, Izabella golland skripkachisi, graf Viktor Roybstetga turmushga chiqadi. Bu bilan u rasman grafinyaga aylanadi. 40 yoshida ham jozibasi so‘nmagan qahramonimiz, eng so‘nggi urfdagi kiyimlari bilan jamiyatni hayratga solardi.

 

U tez orada elita yig‘inlarining yulduziga aylandi. Ana shunday kechalarning birida mashhur haykaltarosh Ogyust Bartoldi bilan tanishadi. Ba’zi manbalarga ko‘ra, Bartoldi aynan Izabellada “Ozodlik” obrazini ko‘radi.

 

Bartoldi 11 metrli gips haykal yaratishga kirishadi: bir qo‘lida mash’al, ikkinchisida mustaqillik Deklaratsiyasi yozilgan lavh. Keyinchalik bu gips asosida 50 metrli mis haykal yaratiladi. Bu uchun 31 tonna mis bo‘laklari kerak bo‘lgan.

 

Mazkur loyihada boshqa mashhurlar ham qatnashadi. Masalan, mashhur muhandis Gyustav Eyfel – metall konstruksiyani loyihalashtirgan. General Sherman haykal o‘rnatilishi uchun joy tanlashda yordam bergan. Jurnalist Jozef Pulitser esa gazetalar orqali odamlarni xayriyaga undagan.

 

Shu tarzda Bedlou orolida antik, lekin yuzi Izabella Boyer-Zingerga xos bo‘lgan haykal qad rostlaydi. Izabella 62 yoshda, 1904-yilda Parijda vafot etadi. Uning yuzi esa Amerika orzusining ramziga aylanadi.

 

Sarvar RAHIMIY

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 377
“Kimsan” aslida kim?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 254
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 231
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 635
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 226497
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108837
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56288
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41584
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40944
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32226
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31194
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30946
Alpomish

//