Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.
Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.
Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.
Mirnosir Hasanov tarjimasi
Hikmat
Bilasizmi?
Bir kuni...
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
5 Izohlar
RrrrrrrR
12:01 / 01.01.1970
Hayot sinovlarga boy, agar sinovlarga sabr qilib yashasak, oppoq hayotimizga qora dog‘ tushmaydi. Bazilar uchun o‘sha qora dog‘ ahamiyatga ega eman, lekin bazilar uchun bu kichik qora dog‘ umrboqiy tamg‘adir
Mohinur
12:01 / 01.01.1970
Judayam ajoyib hikoya. Afsuski bunday insonlar juda kop
Muhtasaroy
12:01 / 01.01.1970
Inson hayoti davomida koʻplab yaxshi amallar qiladi hammaga shirinsoʻz boʻladi ammo u insonni birgina yomon tomonini bildimki shu paytgacha qilgan amallari yu shirin soʻzlarini unutamiz u inson haqida fikrimiz butunlay boshqacha boʻlib ketadi biz insonlarni katta hayotimiz ham shundadir
Firuza
12:01 / 01.01.1970
Har doim ham insonlarning yomon tomoni emas balki yaxshi tomonlarini koʼra bilish lozom
Shahzoda
12:01 / 01.01.1970
Reja: 1)Kirish a)Oq qoģozdagi qora doģ 2)Asosiy qism: a)Qora doģ ham bir ibratdir b)Hayotimizdagi ezgu va yovuz illatlar c)Illat izlaganga illatdir dunyo Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo 3)Xulosa Hayotimizda yomon iwda ham bir hikmat bor