Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh


Saqlash
15:03 / 19.03.2026 0 666

XX asrning birinchi yarmida ayol kishi uchun xatarli va ogʻir deb hisoblanuvchi, lekin madaniy va maʼrifiy tomonlama boy mamlakatlarga yolgʻiz otlanishga jasorat qilgan Ella Mayyar nafaqat sayohatchi, balki yozuvchi, fotograf va sportchi sifatida ham tanilgandi. 

 

Ella Mayyar 1903-yil 20-fevralda Jenevada moʻyna savdosi bilan shugʻullanuvchi savdogar oilasida dunyoga kelgan. Kelib chiqishi shvetsariyalik boʻlgan Ella bir necha tillarda bemalol gaplashar, bu esa u borgan mamlakatlarda bexavotir sayohat qilishida yordam berardi. U sayohatlari davomida kitoblar yozgan va bu orqali koʻplab insonlarga ilhom bera olgan. Uning sayohatlari nafaqat geografik jihatdan joylarni oʻrganishga, balki mahalliy aholi hayoti, urf-odatlari va dunyoqarashini bilishga qaratilgan edi. Shu bois Ella faqatgina sayyoh emas, balki xalqlar aro madaniy koʻprik boʻla olgan shaxs sifatida tarixdan joy olgan.

 

Ella Mayyar 

 

Ella oilaviy biznesni davom ettirishni xohlamagan, shuning uchun bir qancha ishlarda ishlab, sayohat uchun pul toʻplay boshlaydi. Angliyada bir muddat fransuz tilidan, Berlinda esa ingliz tilidan dars beradi. Sayohatlari davomida Ella changʻida Shveysariyaning Alp togʻlarini, yelkanli qayiqda Oʻrta yer dengizini kesib oʻtadi, yolgʻiz oʻzi Markaziy Osiyo, Hindiston, Xitoy va Turkiyani aylanib chiqadi. U yoʻlni koʻpincha piyoda, ayrim paytlarda esa otda, aravada va poyezdlarda bosib oʻtgan.

 

Ella Mayyar 1930-yilda Rossiyaga sayohat qiladi va rejissyor Dziga Vertov va Vsevolod Pudovkin bilan tanishadi. Unda Pudovkin filmlarida tasvirlangan Oʻzbekistonni koʻrish istagi paydo boʻladi. Shu maqsadda Ella 1932-yil SSSR Tashqi ishlar xalq komissarligidan Oʻzbekistonga borish uchun ruxsat soʻraydi. Ammo unga ruxsat berishmaydi. Faqat moskvalik alpinistlar bilan birga oʻsha paytda RSFSR tarkibi hisoblanuvchi Qirgʻizistonga kelishga imkon yaratiladi. Ella shu imkondan foydalanadi va Qirgʻizistondan Olmaota shahri orqali yashirincha Toshkentga keladi. Kirib kelish hujjatlarining yoʻqligi sabab Ella oʻzini kambagʻal ayol sifatida koʻrsatishga va kambagʻallar orasida yashashga majbur boʻladi. U bu holni kitobida “Agar oʻzimni boy kabi tutsam, meni darhol chet ellik deb tanib olishardi”, deya xotirlaydi: Umuman olganda, u sevimli qahramoni – musulmon boʻlmaganlar kirishi taqiqlangan Buxoro amirligiga kelgan Herman Vamberiga oʻxshab harakat qiladi. Natijada Ella Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi shaharlarni, Qizilqum choʻlini oʻz koʻzi bilan koʻradi.

 

U sayohati davomida koʻrgan, eshitgan barcha narsalarni yozib boradi va ular asosida “Osmonli togʻlardan Qizilqumgacha” (Turkestan Solo — One Womanʼs Expedition from the Tien Shan to the Kizil Kum) asarini yozadi. Kitob dastlab fransuz tilida yozilgan, keyinchalik ayrim kitobxonlarni talabiga binoan ingliz tiliga oʻgiriladi. Ella sayohati davomida olgan suratlarini ham kitobga ilova qilishi uning ahamiyatini yana-da oshiradi.

 

Sovet davlatiga qarshi kurashgan shaxslarga nisbatan ochiq sud majlisi

 

 

Bugungi kunda Ellaning shaxsiy arxividagi fotosuratlarning asl nusxalari Lozannadagi (Shveysariya) Musée de l'Elysée fotosuratlar muzeyida saqlanadi. Ular yaqin yillarda Oʻzbekistonda – Samarqand (2023-yil), Buxoro (2024-yil) shaharlarida ham namoyish etilgan. 2024-yil 15-maydan 15-iyulgacha esa Urganch shahridagi Oʻzbekiston zamonaviy sanʼat muzeyida uning suratlaridan iborat “Jasorat va hamdardlik” koʻrgazmasi tashkil etildi. Aytish kerakki, Ella Oʻzbekistonning 1932-yillardagi turmush tarzini, odamlarini aks ettiruvchi suratlarni olgan va ularni Yevropada namoyish etgan yagona yevropalik ayol edi.

 

Go‘zal KARIMOVA,

Qo‘qon universiteti Andijon filiali talabasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 129
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 226
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 430
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 634
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234145
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113429
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67906
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56868
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51315
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39514
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39371
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39151
“Avesto”

//