Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
01:12 / 08.12.2021 5 221219

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

Abdulloh

12:01 / 01.01.1970

Ha hammangizning fikringizga qoshilaman bu dunyoga hech kim mukammal emas hamma ham hato qiladi bizning ishimiz esa huddi bayondagi talabalarga oxshab bir kichkina nuqtaga emas undan kattaroq bolgan oq qogozga koproq etibor qaratishimiz kerak. Haqiqatda ham shunday qancha yaxshi bolsangiz odamlarni sizni koproq yomon tarafingizni koradi bu albatta bizning aybimiz emas hamma ham mukammal emas lekin osha oq qogozni kattaroq qilish yoki uni boyash oz qolimizda.

Sevinch

12:01 / 01.01.1970

Ajoyib yozilgan hayotda birgina inson hato qilsa barcha yaxshiliklari.unutilib faqatgina ayblarigina koʻrib chiqiladi

Jasurbek

12:01 / 01.01.1970

Insonlar doimo o'zga kishilarni xato qilishini kutishadi xatosi tufayli uni ayblashadi go'yoki ular begunohdek.Aybi tufayli faqatgina jazolash emas balki bu xatoni birgalikda to'g'irlash lozim. Insonlar hayotning yomon taraflarini korar ekan ular hech qachon bu dunyoda oz baxtlariga va orzulariga erisha olmaydilar.

Rayhona

12:01 / 01.01.1970

Biz albatta dugʻiliganimizdayoq begunoh boʻlamiz. Bora bora katta boʻlib qolamiz. Shu kabi qora nuqtalarining ham koʻpayib baravaradi.

Ozoda

12:01 / 01.01.1970

Biz doimo yomon narsalarni kóp eslab qolamiz va kóp etibor beramiz. Yaxshiliklar va yaxshi narsalar esa birzumda esdan chiqadi. Unutmaylik " hayotga qanday kózlar bn qarasangz shunday bóladi". Axir óylar hayollar bzniki.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

09:02 / 05.02.2025 0 214
Kampir uxlagan, xon-chi?

Bilasizmi?

09:02 / 05.02.2025 0 107
Qarg‘ish asli qoralashmi?

Bilasizmi?

18:01 / 31.01.2025 0 236
Mahmud Koshg‘ariyning eski zontigi

Bilasizmi?

12:01 / 28.01.2025 0 730
Choʻlponning “qatagʻon qilingan” sheʼri

Bilasizmi?

10:01 / 27.01.2025 0 222
Oʻrta Osiyomi yoki Markaziy Osiyo?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 221220
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 105720
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 41014
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 32946
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 31649
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 28777
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 27258
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 25544
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//