Bilasizmi?
Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.
Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.
Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.
Mirnosir Hasanov tarjimasi
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Hikmat
Qatra
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
5 Izohlar
Yulduz
12:01 / 01.01.1970
Bu matn.odamlarni yaxshilik va yomonlikni ajratishiga yordam berar ekan faqat yomon narsalarni emas yaxshi narsalarni ham oʻylash kerakligini amglatar ekan .bu matn menga juda yoqdi
🍚💘
12:01 / 01.01.1970
odamlar, xalq aytishadiki, bizda bir ibora bor: inson zoti shuncha kóp yaxshi ish qilib , 1ta yomon ish qilgan bólsa, uni yomonga ciqariwadi, agar uning teskarisi, yani 99marta yomonlik qilib, 1ta yaxshilik qilsa yaxshi deyishadi, biz uning faqat qora joyiga emas , oq joyiga ham tarif beriwimiz kk . nabarot buyerda shuncha oq joy turib qora dogga ahamiyat beriwibdi, aslida teakarisini qilish kk edi,
Ozoda
12:01 / 01.01.1970
Faqat qora dog'ga qaramasdan uni oq tomoniga ham qarashimiz kerak faqat salbiy tomonini ôylamaslik kerak Deb ôylayman
Gavhar
12:01 / 01.01.1970
Oq qog'oz bu bizning yuzimiz qora dog' esa bizning g'arazligimizdir.
Elmurod
12:01 / 01.01.1970
Insonning hayotida har doim ham quvonch yaxshi kunlar ham bòlavermaydi bir kun yomon bo'lsa bir yaxshi bo'ladi.Bu varoqning o'rtasiga tushurilgan dog' insonnni o'rab olgan qayg'u g'am tashvish kabidur.Agarda shu qora dog'ga e'tibor qaratmay faqatgina oq tarafga qarashganda edi hayotlarida bo'lib o'tadigan qayg'u va g'am tashvishlarni kora olmasdi. Qora dog' ni yuqotish uchun faqat harakat,o'qish va izlanish kerak. Shunda osha qora dog' salgina bo'lsayam oz ta'sirini yuqotadi.●