Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
01:12 / 08.12.2021 5 232482

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

Lalisa

12:01 / 01.01.1970

rostdan ham inson faqat negative tomonni kòradi masalaning keyingi tomoni bilan ishi yòq.Albatta hayot varoğida doğ qoldirish qoldirmaslik òzimizga boğliq ammo sutning oppoği yaxshidek bedoğ hayot chin manoda juda gòzal😇😇😇😇😇😇😇

Guli

12:01 / 01.01.1970

Shu kabi qora dog‘lar aslida atrof muhit tasirida yuzaga keladi hech kim bu hayotda yomon bo‘lib tug‘ilmaydi zero yomon muhit va atrofdagilarning yomon muomalasi insonda qora dog‘ning kattalashiga yordam beradi.Taqdirimizda nmalar bo‘ladi qanday kunlarni ko‘ramiz gunoh va savoblarimiz barchasi Yaratgan Ollohim tomonidan yozib qo‘yilgan yaxshi inson bo‘lish har insonning o‘z qo‘lida🙂

Parizoda

12:01 / 01.01.1970

Juda xam zo'r

SAIDOV KAMOL

12:01 / 01.01.1970

ALO ALO TASANNO GAP YOQ

Mohidil

12:01 / 01.01.1970

Tóğri insonlarni yomon tomoni bólishi mumkin lekin undanda kóproq yahshi tomoni mavjud , faqat biz uni kóra olishimiz lozim

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 122
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 489
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 261
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 438
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 857
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232483
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112354
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64708
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54607
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49184
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38965
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37884
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36380
“Avesto”

//