Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
01:12 / 08.12.2021 5 237249

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

Mohidil

12:01 / 01.01.1970

Tóğri insonlarni yomon tomoni bólishi mumkin lekin undanda kóproq yahshi tomoni mavjud , faqat biz uni kóra olishimiz lozim

Muslima

12:01 / 01.01.1970

Juda zoʻr manoga ega

Saida

12:01 / 01.01.1970

Men barcha izohlarga qôshilaman avvalambor taqdirga yozilgani bôladi inson hayotni yaxshi tomonlariga kôproq boqishi kerak.Doim ham hayot biz istagandek bôlavermaydi .Ba'zida biz e'tibor bermagan ôsha qora doğ kattalashib ketishi mumkin.Shuning uchun qora doğgʻarga kôp ham e'tibor bermaslik kerak .

Laylo

12:01 / 01.01.1970

Judayam ma'noli matn eka

Hakimov Husniddinjon

12:01 / 01.01.1970

zor ekan juda

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:10 / 14.10.2026 0 357
“Bir pulga qimmat” iborasi tarixini bilasizmi?

Hikmat

17:09 / 11.09.2026 0 368
Kuni irimga qolgan ilm



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 237250
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115641
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 69568
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 59427
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52908
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 42880
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40742
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40385
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//