Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
01:12 / 08.12.2021 5 218653

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

Kamola

12:01 / 01.01.1970

Har ham suv bir hil oqmagani dek hayot ham shunday.odamalr faqat hotasini ko‘ra biladilar .buni qogozdagi qora dog deb ko‘rsatilyabdi

Shahzoda

12:01 / 01.01.1970

Bu dunyoda hamma ham hato qiladi lekin bu hatoni yaxshi tomonlama kõrish insonni Sal bõlsa ham yingil qiladi masalan bir inson bilmasdan dõstini rasmini tarqatib yubordi u rasm ham uncha muhum ham emas lekin dõst undan hafa va u bilan boshqa gaplashmoqchi emas axir dõst bilmasdan qiladi bu ishni shuncha yillik dõstlikni arzimas bir rasmga almashtirish kerak emasku oddiy bir tomchi qora doğ uchun butun bir oq qoğozni qoralash shart emasdir har bir inson qilgan ishi uchun birkunmas birkun javob beradi lekin insonni õzi sal bõlsa ham qora doğni õchirishga harakat qilsa bu ishi oq qoğozni kengaytirishga yordam beradi.

Shaxriyor

12:01 / 01.01.1970

Juda tõğri dunyoda har bir qilingan yaxshi ishni faqat dunyoni yaxshi kõz bilan qaraydigan insonlar kõra oladi . Dunyodagi barcha insonlarning yaxshi va yomon tarafları mavjud. Yomon taraflarni yõqotsa bõlmaydi lekin ularni tuzatsa bõladi. Professor aytganidek:"Tõğri õsha Qora nuqtaga ham e'tibor qaratishimiz eng muhimi uni tõğrilashga yordam berishimiz lozim. Lekin bu oq qoğozning oq joylarini unutmagan holda bõlishi kerak"deb aytadi.

Durdona

12:01 / 01.01.1970

Dunyoda yaxshi u yomon kunlar bor yomon kun qora nuqta yaxshisi oq nuqtaga oxshaydi

Parizod

12:01 / 01.01.1970

Salom.hikoya juda yaxshi zoʻr.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 12
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 12
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 92
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 195
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 508
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 928
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218654
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104447
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 33545
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27239
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26215
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 24711
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24707
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21604
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//