Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
01:12 / 08.12.2021 5 229527

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

Hulkaroy

12:01 / 01.01.1970

Menga oq qogoz va qora dog mavzusida bayon rejalari bilan keyin hamisha shunday bolavermaydi vaqt qadri mavzusida bayon kereak

Dilnoza

12:01 / 01.01.1970

Ha to‘g‘ri hamma hayotni faqat qora tomonini emas oq tomonini ham ko‘ra bilishi kerak hayotning o‘n beshi yorug‘ o‘n beshi qorong‘u

Eldor

12:01 / 01.01.1970

Ha albatta hayotning yaxshi joyi koʻp, ammo koʻp odam shu qora nuqtani koʻrib ya'ni kichkina xatoni qilib soʻngra katta yomonlikni qilishdan qoʻrqib qoladi

Dilshoda

12:01 / 01.01.1970

Dunyo ham shunday dunyoni oq qogʻoz desak ichidagi qora nuqtalar insonlardir. Bizni yomonliklarimiz dunyo yuziga dog' boʻlyapti.

Dilnura

12:01 / 01.01.1970

Juda ham toʻgʻri fikr.Professorning fikricha qoʻshilaman.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 307
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 552
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 229528
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110624
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61098
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 49923
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 45310
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37586
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35726
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32737
Kompetentlik

//