Jamiyat
16-may kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazilgan. Unda xalq orasida “Shukrullo domla” deb tanilgan Fargʻona viloyati Toshloq tumani bosh imomi va “Abu Hanifa” jome masjidi imom-xatibi Shukrullo Egamberdiyevning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari muhokama qilindi.
Yigʻilishda imom-xatibning eʼtirozlarga sabab boʻlgan chiqishlari va fikr-mulohazalari imomlik maqomiga toʻgʻri kelmasligiga urgʻu qaratildi.
Shukrullo Egamberdiyev majlisda muhokamaga sabab boʻlgan chiqishlarida xatoga yoʻl qoʻyganini eʼtirof etgan va uzr soʻragan. Imom-xatib kelgusidagi faoliyatida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymasligini bildirdi.
Ichki nazorat komissiyasi bayon etilganlarni inobatga olib, Shukrullo Egamberdiyevga “hayfsan” intizomiy jazosi berish va Toshloq tumani bosh imomi vazifasidan ozod etish toʻgʻrisida xulosa qilgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston musulmonlari idorasida tuzilgan Ichki nazorat komissiyasi diniy soha xodimlari faoliyatini tartibga solish, kamchiliklarga yoʻl qoʻyganlarga taʼsir choralarini qoʻllash va halol-pok xizmat qilayotganlarni himoya qilish hamda ragʻbatlantirish kabi vakolatlarga egadir.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Ma'muraxon
12:01 / 01.01.1970
Ilmli kishilarni hurmat qilish, ilmidan bahramand bolish, ularga ergashish islomda juda yaxshi amallardandir. Imga chorlash uchun hamma har xil usuldan foydalanadi. Biroq insonlatga halimlik bilan munosabatda bolish paygambarimiz s.a.v sunnatlariku, u kishi har narsada meyorni afzal bilganlar. Balki shu sababdir odamlarning noroziligiga.
Hamza
12:01 / 01.01.1970
Musulmon zaif bo'lmaydi, musulmon shijoatli va mard bo'ladi. Shukurulloh domla biz keltirgan sifatning birinchisiga mos emas albatta. Hammada ham xato bo'ladi. Muhimi xatoni tan olib, uni qayta takrorlamaslikdir. Beayb parvardigordor. Shukurulloh domla yana faoliaytini davom ettirsa maqsadga muvofiq bo'lardi.
Feruzxon
12:01 / 01.01.1970
Assalomu alaykum. Haqiqatdan domilla haq gapni gapirgan. Agar uqimasa kallani ishlatmasa qul buladida. Xudo bergan kallani ishlatish kerakda.
Sevinch
12:01 / 01.01.1970
Shukrullo domla yaxshi domla edila
Munavvara
12:01 / 01.01.1970
Domla faqat ayollar buzuqlar xaqida ma'ruza qiladilar mavzu boshqa bosayam qatidadr albatta ayollar foxishalar bir marta busayam qóshiladi 🫤