Jamiyat
16-may kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazilgan. Unda xalq orasida “Shukrullo domla” deb tanilgan Fargʻona viloyati Toshloq tumani bosh imomi va “Abu Hanifa” jome masjidi imom-xatibi Shukrullo Egamberdiyevning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari muhokama qilindi.
Yigʻilishda imom-xatibning eʼtirozlarga sabab boʻlgan chiqishlari va fikr-mulohazalari imomlik maqomiga toʻgʻri kelmasligiga urgʻu qaratildi.
Shukrullo Egamberdiyev majlisda muhokamaga sabab boʻlgan chiqishlarida xatoga yoʻl qoʻyganini eʼtirof etgan va uzr soʻragan. Imom-xatib kelgusidagi faoliyatida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymasligini bildirdi.
Ichki nazorat komissiyasi bayon etilganlarni inobatga olib, Shukrullo Egamberdiyevga “hayfsan” intizomiy jazosi berish va Toshloq tumani bosh imomi vazifasidan ozod etish toʻgʻrisida xulosa qilgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston musulmonlari idorasida tuzilgan Ichki nazorat komissiyasi diniy soha xodimlari faoliyatini tartibga solish, kamchiliklarga yoʻl qoʻyganlarga taʼsir choralarini qoʻllash va halol-pok xizmat qilayotganlarni himoya qilish hamda ragʻbatlantirish kabi vakolatlarga egadir.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Yoldashali
12:01 / 01.01.1970
Domla tori gapirdi xamamizxam xato qilamiz
Дилфуза
12:01 / 01.01.1970
Домлани кайтариш керак яхши маруза киладила
Umut
12:01 / 01.01.1970
Bizga. Farqi. Yoq. Kim nima. Desa. Desin. Xarkim gapiga. Oʻzi javob oladi manam musofirman. Domla. Gapirgani blan birjoyga. Yiqlarmidim. Bu mani. Risqim. Shu musofirda. Dir. Kocha. Supsa. Pulini. Oladi. Mexnatiga yarasha. Oʻzing. Oʻzingni. Blsang. Oʻzgani. Gapiga. Parvo. Qmiysan domlani. Bai. Gaplari. Togridir. Bazilari. Notogri.
Samandar
12:01 / 01.01.1970
Salom xammaga xaqiqattanam ģayridinladan ilm fanda ortdamiz òqip òrganishimiz kerak...domla bu gaplarini qay ma‘noda aytti anglashimiz zarur
Sarvaroy
12:01 / 01.01.1970
Assalomu alaykum.Men ham bu qarorga etirozim bor chunki Shukrulloh domla haqiqatni gapirdi.Musulmonchilik ham asta sekin boʻladi.Xech qayerda oʻqishni bitirishi bilan moʻmay daromad tutqazmaydi.Agar oʻz kasbini ustasi boʻlsa oliy ta'limni tamomlaganidan keyin sabr qilib 1-2 yil ishlasa yaxshigina maosh olsa boʻladi Oʻzbekistonda ham.Xurmatli musofirlar sizlar Yurtimizni Rossiya bilan solishtirmasdan boshqa notinch Davlatlar bilan solishtiring.Tinchgʻigimizni saqlab,ushlab turgan Yurtboshimizga rahmat.Oʻzbekiston Rossiya Davlatiga oʻxshab boy boʻlishi uchun yoshlar oʻqish kerak.Maktab davrida oq mardikorlik qilmasdan.Oʻqiyman desa xozirgi yoshlarga juda katta imkoniyatlar bor.Xurmstli musofir yurtda yurganlar xadeb Rossiyani maqtayvermasdan Alloxga shukur qilaylik Shunday tinch zamonda yashayotganimizdan.