Jamiyat
16-may kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazilgan. Unda xalq orasida “Shukrullo domla” deb tanilgan Fargʻona viloyati Toshloq tumani bosh imomi va “Abu Hanifa” jome masjidi imom-xatibi Shukrullo Egamberdiyevning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari muhokama qilindi.
Yigʻilishda imom-xatibning eʼtirozlarga sabab boʻlgan chiqishlari va fikr-mulohazalari imomlik maqomiga toʻgʻri kelmasligiga urgʻu qaratildi.
Shukrullo Egamberdiyev majlisda muhokamaga sabab boʻlgan chiqishlarida xatoga yoʻl qoʻyganini eʼtirof etgan va uzr soʻragan. Imom-xatib kelgusidagi faoliyatida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymasligini bildirdi.
Ichki nazorat komissiyasi bayon etilganlarni inobatga olib, Shukrullo Egamberdiyevga “hayfsan” intizomiy jazosi berish va Toshloq tumani bosh imomi vazifasidan ozod etish toʻgʻrisida xulosa qilgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston musulmonlari idorasida tuzilgan Ichki nazorat komissiyasi diniy soha xodimlari faoliyatini tartibga solish, kamchiliklarga yoʻl qoʻyganlarga taʼsir choralarini qoʻllash va halol-pok xizmat qilayotganlarni himoya qilish hamda ragʻbatlantirish kabi vakolatlarga egadir.
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Ozoda
06:01 / 01.01.1970
Domla toʻgʻri maʼruza qilardila xar bir soʻzlarida xikmat toʻgʻri mano boridi domlani qaytariyla oʻz lavozimiga.
Marjona
06:01 / 01.01.1970
Menimcha toʻgʻri qaror chunki soʻnggi paytlarda bu inson oʻz oylagan fikrini xalqqa targʻib qila boshlagan edi. Vaholangki din peshvolari oʻz shahsiy fikrlarini emas diniy bilimlarni paygʻambarimiz shunday deganlar islomda shunday deyilgan quronda shunday yozilgan degan soʻzlar bilan haqiqatda shu yerda mavjud boʻlgan fikrlarni yetkazishlari kerak. Xuddi shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf hazratlari kabi . Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf hazratlari hech qachon men shunday oʻylayman mana shunday qiling demaganlar ular doim dinda shunday deyiladi va yagona olloh bilguvchi deganlar.
Matluba
06:01 / 01.01.1970
Alloh Shukrullo domladan rozi bòlsin.Insonning maqomini berguvchi Robbimdir
Sherzodbek
06:01 / 01.01.1970
oʻqimasek qul bolamz togʻti gapirgan togʻri qabul qilrlik
YOQUBJON
06:01 / 01.01.1970
Domla to'g'ri gapirgan shu yerda ham xarakat qilib yashasa bo'ladi o'zga yurtda shox bo'laman deguncha o'z yurtingni sevib yashalaring noshikur bo'lmay