Jamiyat
Soʻngi kunlarda bir necha tadbirkorlik subyektlariga kirib, oʻzlarini “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi (SES) xodimimiz”, deya tanishtirib kelgan holatlar boʻyicha murojaat boʻlgan.
Sanepidxizmat Matbuot xizmati xabarida ushbu soxta SES xodimlari “Bir yil davomida dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya ishlarini amalga oshirib beramiz, shu bilan birga, sizlarni yil davomida hech qanday tekshiruvchi kelib bezovta qilmaydi”, degan vaj bilan soxta hujjatlarni koʻrsatib, tadbirkorlarni aldab, pul undirib yurgani aytiladi.
Taʼkidlanishicha, rasm va videoda koʻrsatilgan “soxta SES xodimlari” Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar Dezinfeksiya stansiyasi va tuman hududiy boʻlimlarida faoliyat yuritmaydi.
Shuningdek, tadbirkorlardan yuqoridagi vaj asosida biror shaxs murojaat qilganda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 78 8880101 (050) Ishonch telefoni, Toshkent shahar boshqarmasining 71 248-12-43 telefon raqamiga yoki Toshkent shahar IIB va hududiy boʻlimlariga zudlik bilan xabar berish soʻraladi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q