Jamiyat
Farg‘ona vodiysida Qo‘qon, Namangan, Andijon va Marg‘ilon shaharlarini bog‘lovchi yangi elektropoyezd qatnovi ishga tushirildi.
Davlat rahbari jamoatchilik vakillari bilan birga ushbu yo‘nalishdagi ilk poyezdda Qo‘qon shahridan Marg‘ilon shahriga keldi.
Xabarga ko‘ra, mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2030-yilga qadar temir yo‘l transportida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.
Loyiha aholi zich yashaydigan Farg‘ona vodiysida transport qatnovini yaxshilash, fuqarolarga qulay, xavfsiz va arzon xizmat ko‘rsatish, yo‘lovchi tashish hajmini oshirishga xizmat qiladi.
Ta’kidlanishicha, 324 kilometrlik ushbu temir yo‘l halqasi vodiy viloyatlarini o‘zaro yanada yaqinlashtirib, aholi, tadbirkorlar va sayyohlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Yangi poyezd Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodida ishlab chiqarilgan. Olti vagondan iborat, 586 o‘rinli poyezd soatiga 120 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi.
Chipta narxi 15 ming so‘m etib belgilangan. Bu avtomobil transportiga nisbatan ancha arzon va qulaydir. Kuniga 1,5 ming, yiliga qariyb 600 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati hududda iqtisodiy faollikni oshirishga yordam beradi.
Vagonlarda iqlim nazorati tizimi va konditsionerlar o‘rnatilgan. Bepul Wi-Fi, gadjetlar uchun USB-portlar mavjud. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus ko‘targichlar, keng joylar va moslashtirilgan hojatxonalar ko‘zda tutilgan. Velosipedlarni tashish uchun mahkamlagichlar yo‘lovchilarning safardan keyin harakatlanish imkoniyatini yanada kengaytiradi.
Vagonlardagi videokuzatuv va zarba kuchini kamaytiruvchi kresh-tizimlar xalqaro xavfsizlik standartlariga mos keladi.
Yo‘l davomida Prezidentimiz viloyat faollari bilan hududda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida suhbatlashdi.
Yangi temir yo‘l halqasi Farg‘ona vodiysining turizm salohiyatini ham yangi bosqichga olib chiqishi ta’kidlandi. Bekatlar atrofida xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish maskanlarini tashkil etish zarurligi, bu mahalliy aholi uchun qo‘shimcha daromad manbaini yaratishi qayd etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112195
Jamiyat
94876
Jamiyat
90957
Jamiyat
75739
Jamiyat
//
Izoh yo‘q