Jamiyat
16-may kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazilgan. Unda xalq orasida “Shukrullo domla” deb tanilgan Fargʻona viloyati Toshloq tumani bosh imomi va “Abu Hanifa” jome masjidi imom-xatibi Shukrullo Egamberdiyevning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari muhokama qilindi.
Yigʻilishda imom-xatibning eʼtirozlarga sabab boʻlgan chiqishlari va fikr-mulohazalari imomlik maqomiga toʻgʻri kelmasligiga urgʻu qaratildi.
Shukrullo Egamberdiyev majlisda muhokamaga sabab boʻlgan chiqishlarida xatoga yoʻl qoʻyganini eʼtirof etgan va uzr soʻragan. Imom-xatib kelgusidagi faoliyatida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymasligini bildirdi.
Ichki nazorat komissiyasi bayon etilganlarni inobatga olib, Shukrullo Egamberdiyevga “hayfsan” intizomiy jazosi berish va Toshloq tumani bosh imomi vazifasidan ozod etish toʻgʻrisida xulosa qilgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston musulmonlari idorasida tuzilgan Ichki nazorat komissiyasi diniy soha xodimlari faoliyatini tartibga solish, kamchiliklarga yoʻl qoʻyganlarga taʼsir choralarini qoʻllash va halol-pok xizmat qilayotganlarni himoya qilish hamda ragʻbatlantirish kabi vakolatlarga egadir.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Davronbek
12:01 / 01.01.1970
Mullalarga internetda nima bor bularni bitta aytar gapi qolyapti bitta layk sorash
Behzod
12:01 / 01.01.1970
Domla toʻgʻri gapirgan lekin bu hammaga tegishli emas
sherzod
12:01 / 01.01.1970
Domlaga yana bir imkon bersh kerak be ayip faqat parvardigor hamamiz hom sut emgan bandamiz hamayam hato qiladi domlayam bir hato qildilar qaytip qimasalar kerak degan umitamiz
Sardor
12:01 / 01.01.1970
Shukrulloh domla hozir yurtimiz uchun juda kerakli inson,ko'pchilikni(ayniqsa yoshlarni) ko'zi ochilishiga sabab bo'layaptilar.Biroz g'azab qilib gapirgan bo'lishlar mumkun,lekin oq qog'oz òrtasiga qo'ygan qora nuqtani deb yurtga nafi tegayotgan odamlani yo'q qimaslik kerak bunday.
Asadbek
12:01 / 01.01.1970
Be nuqson inson boʻlmaydi Hama ham hatolika yoʻl qoʻyishi mumkin Hama kerakligini oladi kechirimli boʻlishimiz kerak Olloh barchamizni toʻgʻr yoʻlga boshlasin