Madaniyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida barpo etilgan madaniyat hamda xizmat ko‘rsatish obyektlari bilan tanishdi.

Ma’lumot uchun, mazkur majmuasi Davlatimiz rahbarining 2025-yil 1-apreldagi qarori asosida Marg‘ilon shahrida barpo etildi. U qadim shahar ichidagi milliy me’morchilik an’analari, Marg‘ilon tarixi va zamonaviy turizm talablari uyg‘unlashgan shaharchadir.
35 gektar maydonni egallagan majmuada sayyohlar uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda. Bu yerda mehmonxona, karvonsaroy, savdo va xizmat ko‘rsatish binolari, hunarmandlar markazi, milliy bozor va muzeylar qurib bitkazilgan.
Ta’kidlanishicha, buyuk alloma Burhoniddin Marg‘inoniyning boy ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish majmuaning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Shu bilan birga, hududda qadimiy hunarmandchilik an’analarini saqlash, ziyorat va madaniy turizmni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Shaharchada “Otabek va Kumush uyi” muzeyi ham tashkil etilgan bo‘lib, uning devorlarida “O‘tkan kunlar” romani sahnalari jonlantirilib, adabiyot va tarixni uyg‘unlashtirgan noyob muhit yaratilgan. Shuningdek, maqom teatri, shoir va rassomlar xiyoboni hamda kutubxona ham joy olgan.
Qiymati 1,7 trillion so‘m bo‘lgan loyihaning bosh rejasi Turkiyaning “Studio Vertebra” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Majmua ikki bosqichda barpo etiladi. Kelgusida bu yerda biznes markaz, 1500 o‘rinli masjid, mehmonxonalar, 400 ta savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtasi hamda 300 o‘rinli bozor tashkil etiladi.
Prezident majmua bo‘ylab yurib, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Hunarmandchilik, badiiy va amaliy san’at ko‘rgazmalari, bozor rastalari bilan tanishdi. Jamoatchilik vakillari bilan samimiy suhbat qurdi.

Xabarga ko‘ra, majmua to‘liq ishga tushgach, viloyatga yiliga o‘rtacha 200-250 ming nafar xorijiy sayyoh jalb etilishi kutilmoqda. Buning natijasida 2 mingta ish o‘rni yaratiladi, budjetga 52 milliard so‘m tushum va 30 million dollarlik xizmatlar eksporti ta’minlanadi.
Ma’lum qilinishicha, “Burhoniddin Marg‘inoniy” majmuasi tajribasini Buxorodagi “Boqiy Buxoro”, Samarqanddagi Imom Moturidiy maqbarasi atrofi, Qo‘qondagi O‘rda, Namangandagi “Axsikent” yodgorligi hamda Toshkentning Eski shahar hududlarida ham keng joriy etish rejalashtirilgan.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
112198
Jamiyat
94877
Jamiyat
90959
Jamiyat
75742
Jamiyat
//
Izoh yo‘q