Shukrullo Egamberdiyev vazifasidan ozod etildi

Saqlash
20:48 / 16.05.2023 37373 5

16-may kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazilgan. Unda xalq orasida “Shukrullo domla” deb tanilgan Fargʻona viloyati Toshloq tumani bosh imomi va “Abu Hanifa” jome masjidi imom-xatibi Shukrullo Egamberdiyevning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari muhokama qilindi.

 

Yigʻilishda imom-xatibning eʼtirozlarga sabab boʻlgan chiqishlari va fikr-mulohazalari imomlik maqomiga toʻgʻri kelmasligiga urgʻu qaratildi.

 

Shukrullo Egamberdiyev majlisda muhokamaga sabab boʻlgan chiqishlarida xatoga yoʻl qoʻyganini eʼtirof etgan va uzr soʻragan. Imom-xatib kelgusidagi faoliyatida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymasligini bildirdi.

 

Ichki nazorat komissiyasi bayon etilganlarni inobatga olib, Shukrullo Egamberdiyevga “hayfsan” intizomiy jazosi berish va Toshloq tumani bosh imomi vazifasidan ozod etish toʻgʻrisida xulosa qilgan.

 

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston musulmonlari idorasida tuzilgan Ichki nazorat komissiyasi diniy soha xodimlari faoliyatini tartibga solish, kamchiliklarga yoʻl qoʻyganlarga taʼsir choralarini qoʻllash va halol-pok xizmat qilayotganlarni himoya qilish hamda ragʻbatlantirish kabi vakolatlarga egadir.

5 Izohlar

Zebo

12:01 / 01.01.1970

Domla haqiqatni hamisha gapirardilar. Yoshlarga. Yana bir imkon beringlar

Adolat

12:01 / 01.01.1970

Domilla yahshi insonlar mushkulini rabbim oson qilsin . Farishta bo'lib dunyoga kelmaydi inson hato qiladi adashadi har kim inson zoti . Hayotda adashgan mahzun insonlarga qancha mativatsiya beradi

Sultonali

12:01 / 01.01.1970

Bu mula uzi musofirlikda yursa biladi kimdir uqishga sharoiti bor kimdikidir yuq

Maqsu

12:01 / 01.01.1970

Rostanam bu gap xamma musofirlarga tegishlimas musofirlar notoʻgʻri tushundilar domla qaygʻurish manosida aytgan bu gaplarni chet elda pul tovib yaxshi yashab yurganlaganlagamas xaqqini ololmoy qiynalib yurganlardi qaygʻurib aytganla

Islomjon

12:01 / 01.01.1970

Qilgan ishlaringizdan hulosa chiqaring boshqa gap yuq,,😑😑😑😑

Izoh qoldirish

//