Jamiyat
16-may kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazilgan. Unda xalq orasida “Shukrullo domla” deb tanilgan Fargʻona viloyati Toshloq tumani bosh imomi va “Abu Hanifa” jome masjidi imom-xatibi Shukrullo Egamberdiyevning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari muhokama qilindi.
Yigʻilishda imom-xatibning eʼtirozlarga sabab boʻlgan chiqishlari va fikr-mulohazalari imomlik maqomiga toʻgʻri kelmasligiga urgʻu qaratildi.
Shukrullo Egamberdiyev majlisda muhokamaga sabab boʻlgan chiqishlarida xatoga yoʻl qoʻyganini eʼtirof etgan va uzr soʻragan. Imom-xatib kelgusidagi faoliyatida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymasligini bildirdi.
Ichki nazorat komissiyasi bayon etilganlarni inobatga olib, Shukrullo Egamberdiyevga “hayfsan” intizomiy jazosi berish va Toshloq tumani bosh imomi vazifasidan ozod etish toʻgʻrisida xulosa qilgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston musulmonlari idorasida tuzilgan Ichki nazorat komissiyasi diniy soha xodimlari faoliyatini tartibga solish, kamchiliklarga yoʻl qoʻyganlarga taʼsir choralarini qoʻllash va halol-pok xizmat qilayotganlarni himoya qilish hamda ragʻbatlantirish kabi vakolatlarga egadir.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Fotima
12:01 / 01.01.1970
Domlani qattiq gapirganlari insonlar ongiga yetib borsin Deb Yana yomon yo'lda yurganlar o'zimiki xaq deydiganlarga yumshoq gapirsalar pisand ham qilmaydi o'z ishida xalol ishlab yurgan domlaga jazo berguncha qolgan qoida buzarlarga jamiyatni og'zi bn bulg'ayotganlarga jazo qo'llasin nega domlani ishdan olishadi maruzalari juda yaxshi
Bekhem
12:01 / 01.01.1970
Assalomu alaykum. Men bu qarorga qarshiman,chunki gaplarida haqiqat bor agar chin dildan o'qiganimizda edi nimanidur kashf qilardik yoki yaratar edik . Agar birortasi yangilik yaratmoqchi bo'lib kashf qilaman desa kim qayerdandur ruxsat olib falon pul to'lashi kerak ming afsus. SamDU da bir fizikni taniyman hozi fanlar akademiyasida ishlayabdi mashinadan chiqadigan gazlarni zararsizlatiradigan yangilik qilmoqchi edi oxir voz kechdi o'sha ishidan chunki yangilik qilish uchun kim qaysidur joyga falon dollor to'lash kerak, bu ketishda faqat chetga ketadigan ishchi ishlab chiqaramizmi ? Domlani gapi 100 foiz to'g'ri o'qimasak faqat mardikorlikka yaraymiz, faqat o'qiyvermasdan o'qiganlarimizni hazim qilib yangilik lar qilaylik o'zbeklar nomidan kim qayerdagi 1 tinga qimmat gaplarni shov-shuv qilmasdan. Haq gapni gapirganlarni kesaveraylikchi keyin nima bo'larkan ko'ramiz.
Xurshidbek
12:01 / 01.01.1970
Assalomu aleykum va rahmatullohu barakatuhu Meni ushbu qarorga etirozim bor Shukulloh domla xaqiqatni gapiriwgan lekin bunga oddiy xalqni aqli etmagan chunki bu xolat oldin ham boʻlgan rivoyatda ewitganman qaysidir masjidda tayammum xaqida maʼruza boʻlgan shunda domla eshak xangrasa taxorat buziladi degan buni eshitgan bir odam qoziga borgan va domlani aybdor qilgan shunda qozi domlani chaqirib shunday deganiga izoh soʻragan shunda domla xaqiqatni aytdi u lekin erda tayammum xaqida maʼruza boʻlgan xaqiqatda eshak xangrasa taxorat buziladi chunki eshak suvni korganda xangrashi nazarda tutilgan edi deb javob bergan bu xolat wunga oʻxshash voqiya bu erda domlani aybi yoq tushunmagan xalqda ayb
KOMILA
12:01 / 01.01.1970
Assalomu alaykum.Qanday xotoga yoʻl qoʻyganlarini bilmadimu lekin qiladigan maʼruzalari uchun Alloh rozi boʻlsin.Insonni onggiga chuqur kirib boradilar .Qanaqadir aurani yengadigan ovoz bor bu kishida ,ayamaslik bor ohangida shuning uchun hurmat qilaman va maʼruzalari eshitaman .
Barno
12:01 / 01.01.1970
Togri xaddidan oshib ketuvdi