
Jamiyat
16-may kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazilgan. Unda xalq orasida “Shukrullo domla” deb tanilgan Fargʻona viloyati Toshloq tumani bosh imomi va “Abu Hanifa” jome masjidi imom-xatibi Shukrullo Egamberdiyevning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari muhokama qilindi.
Yigʻilishda imom-xatibning eʼtirozlarga sabab boʻlgan chiqishlari va fikr-mulohazalari imomlik maqomiga toʻgʻri kelmasligiga urgʻu qaratildi.
Shukrullo Egamberdiyev majlisda muhokamaga sabab boʻlgan chiqishlarida xatoga yoʻl qoʻyganini eʼtirof etgan va uzr soʻragan. Imom-xatib kelgusidagi faoliyatida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymasligini bildirdi.
Ichki nazorat komissiyasi bayon etilganlarni inobatga olib, Shukrullo Egamberdiyevga “hayfsan” intizomiy jazosi berish va Toshloq tumani bosh imomi vazifasidan ozod etish toʻgʻrisida xulosa qilgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston musulmonlari idorasida tuzilgan Ichki nazorat komissiyasi diniy soha xodimlari faoliyatini tartibga solish, kamchiliklarga yoʻl qoʻyganlarga taʼsir choralarini qoʻllash va halol-pok xizmat qilayotganlarni himoya qilish hamda ragʻbatlantirish kabi vakolatlarga egadir.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
5 Izohlar
YOQUBJON
07:42 / 22.05.2023
Domla to'g'ri gapirgan shu yerda ham xarakat qilib yashasa bo'ladi o'zga yurtda shox bo'laman deguncha o'z yurtingni sevib yashalaring noshikur bo'lmay
Yoldashali
06:44 / 22.05.2023
Domla tori gapirdi xamamizxam xato qilamiz
Дилфуза
06:38 / 22.05.2023
Домлани кайтариш керак яхши маруза киладила
Umut
16:21 / 21.05.2023
Bizga. Farqi. Yoq. Kim nima. Desa. Desin. Xarkim gapiga. Oʻzi javob oladi manam musofirman. Domla. Gapirgani blan birjoyga. Yiqlarmidim. Bu mani. Risqim. Shu musofirda. Dir. Kocha. Supsa. Pulini. Oladi. Mexnatiga yarasha. Oʻzing. Oʻzingni. Blsang. Oʻzgani. Gapiga. Parvo. Qmiysan domlani. Bai. Gaplari. Togridir. Bazilari. Notogri.
Samandar
23:37 / 20.05.2023
Salom xammaga xaqiqattanam ģayridinladan ilm fanda ortdamiz òqip òrganishimiz kerak...domla bu gaplarini qay ma‘noda aytti anglashimiz zarur