Hafta davomida harorat +35 darajagacha ko‘tariladi

Saqlash
12:45 / 27.04.2026 14 0

O‘zgidromet 2-maygacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ertaga, 30-aprelda va 1-mayda ayrim joylarda qisqa mudatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

 

Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, 30-aprelda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Harorat kechalari – 28-aprelda +15– +17°, 29-30-aprelda hamda 1-2-may kunlari +12– +17°; kunduzi – ertaga +27– +29°, 29-aprelda +28– +33°, 30-aprel–2-mayda +23– +28° bo‘ladi.

 

Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 1-mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. 30-aprelda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Harorat kechalari – 28-aprelda–2-mayda +12– +17°; kunduz kunlari – ertaga +25– +30°, 29-aprelda +28– +33°, 30-aprel–2-mayda +23– +28° bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28–30-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-2-mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

 

Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, 30-aprelda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

 

Harorat kechalari – ertaga +13– +18°, qolgan kunlari +15– +20°; kunduzi – ertaga +28– +33°, 29-30-aprelda +30– +35°, 1-2-mayda +25– +30° bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-2-mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

 

Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, 1-mayda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

 

Harorat kechalari – ertaga +12– +17°, qolgan kunlari +15– +20°; kunduzi – ertaga +26– +31°, 29-aprel–1-mayda +28– +33°, 2-mayda +23– +28° bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Surxondaryo viloyatida ertaga kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 29-30-aprelda har ikkala hududda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-2-mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. 

 

Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, 1-mayda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

 

Harorat kechalari – ertaga +15– +20°, qolgan kunlari +17– +22°, kunduzi – 28–30-aprelda +30– +35°, 1-mayda +28– +33°, 2-mayda +25– +30° bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ertaga kechqurun, 29-aprelda hamda 1-2-mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 30-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. 

 

Harorat kechalari – ertaga +12– +17°, qolgan kunlari +15– +20°; kunduzi – 28-29-aprelda +26– +31°, 30-aprel–1-mayda +28– +33°, 2-mayda +23– +28° bo‘ladi.

 

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. 

 

Harorat kechalari – +7– +12°, kunduzi – +17– +22° bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//