Jamiyat
Olimlar 2000 ga yaqin respondent ishtirokida tadqiqot o‘tkazdi. Qariyb 8 yil sarf qilingan kuzatishlar davomida qarilikda aql-idrokni saqlab qolish uchun nimalar qilish kerakligi o‘rganilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, hayoti davomida kitob o‘qigan, yangi bilimlar o‘rgangan va intellektual faol bo‘lgan insonlarda Altsgeymer belgilari miyasini “mashq qildirmagan”larga qaraganda o‘rtacha 5 yil kechroq namoyon bo‘lar ekan.
Tadqiqotning eng hayratlanarli qismi vafot etgan ishtirokchilarning miyasi o‘rganilganda aniqlashgan. Gap shundaki, ayrim insonlarning miyasida Altsgeymer kasalligining jismoniy belgilari (patologik o‘zgarishlar) bo‘lsa-da, ular o‘limigacha aqliy jihatdan sog‘lom bo‘lib qolishgan. Nima uchun? Chunki ularning miyasi intellektual “yuklama” tufayli shunchalik kuchli “zaxira” to‘plaganki, hatto kasallik hujum qilsa ham, miya o‘z funksiyasini bajaravergan.
Raqamlar bilan tushuntirilsa, doimiy bilim olganlarda Altsgeymerga chalinish ehtimoli 38 foizga past bo‘ladi. Bundan tashqari, aqliy qobiliyatning yosh bilan bog‘liq pasayishi bunday insonlarda ancha sekin kechadi.
Xulosada keltirilishicha, agar miya ham xuddi mushak kabi chiniqtirilsa, keksalikda pand bermaydi. Ya’ni siz umringiz davomida kitob o‘qisangiz, yangi til yoki hunar o‘rgansangiz, murakkab masalalar ustida bosh qotirsangiz o‘z keksaligingizga “sarmoya” kiritgan bo‘lasiz. Chunki bunday faollik miya uchun kuchli “himoya qobig‘i” yaratadi va mazkur qobiq hattoki qarilikdagi og‘ir kasalliklarga ham qarshi turib bera oladi.
Qisqa qilib aytganda, keksayganda es-hushni saqlab qolish — bu bugun nima o‘qiyotganingiz va miyangizni nima bilan band qilayotganingizning natijasi hisoblanadi.
Sport
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
112456
Jamiyat
95121
Jamiyat
91363
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q