Jamiyat
Oliy Majlis Senati ayollar va bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish haqidagi qonunni qabul qildi.
Mazkur qonun bugungi kunda xotin-qizlar hamda voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilayotgan turli xil zoʻravonlik holatlariga nisbatan qatʼiy jazo choralarini belgilash bilan bir qatorda bunday salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, 2021—2022-yillarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ayollar va qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlari yuzasidan 72 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning qariyb 61 mingdan koʻpi yoki qariyb 85 foizi oilada sodir etilgan.
Amaldagi qonunchilikka koʻra nomusga tegish hamda jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish kabi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda jabrlanuvchining yoshi aybdorga ayon boʻlishi asosiy mezonlardan biri boʻlgan boʻlsa, endilikda ushbu qoida bekor qilinmoqda. Yaʼni aybdorning jabrlanuvchi yoshini bilmasligi uni Jinoyat kodeksi moddalarining tegishli qismlarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Qonun bilan quyidagi jinoyatlar uchun jazo choralari ogʻirlashtirilmoqda:
Ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash (115-modda);
taklif etilmoqda: 60 mln soʻmgacha jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
amalda: 15 mln soʻmgacha jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari.
Nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish (118, 119-moddalar);
taklif: 1-qismi 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2-qismi 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;
amalda: 1-qismi 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2-qismi 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish).
Shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish (121-modda);
taklif: 1-qismi 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish; 2-qismi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish, 3-qismi ogʻirlashtiruvchi holatlarda 5 yildan 8 yilgacha qamoq ozodlikdan mahrum qilish;
amalda: 1-qismi 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari; 2-qismi 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish)
16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish (128-modda);
taklif: 1-qismi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish; 2-qismi 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish; 3-qismi 8-yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
amalda: 1-qismi 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish; 2-qismi 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish; 3-qismi 5-yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish)
16 yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish (129-modda);
taklif: 1-qismi 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish; 2-qismi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish. 3-qismi – agar oʻsha harakatlar zoʻrlik ishlatib yoki qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
amalda: 1-qismi 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari; 2-qismi 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish)
Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish (130-modda);
taklif: 3-qism (voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish) 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;
amalda: 3-qism (voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish) 3-qism 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Qayd etish kerak, aprel oyida ayollar bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar tez-tez kuzatilmoqda. Xususan, 1-aprel kuni Xorazm viloyatida oilaviy mehribonlik uyining voyaga yetmagan 3 nafar qizi viloyat adliya boshqarmasi va tuman FVV rahbarlari bilan jinsiy aloqa qilishga majburlangani aytildi. Viloyatda, shuningdek, yana bir 17 yoshli qiz bir necha erkak tomonidan zoʻrlangani aytilmoqda.
3-aprel kuni Toshkentda 27 yoshli ayol oʻzi va 3 bolasini 9-qavatdan tashlab yuborgani sabab halok boʻldi.
4-aprel kuni Qoʻqon davlat pedagogika instituti yotoqxonasida qizlarning xonasidan talabalarning psixologik muammolari bilan ishlash maqsadida oʻrnatilgan yashirin kamera topildi. Buning ortidan OTM prorektori va uch masʼul xodim ishdan boʻshatildi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q