Siyosat
Oʻzbekiston va Xitoyning Gonkong maxsus maʼmuriy hududi vakillari oʻzaro vizasiz rejim toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimni tuzishni tasdiqlovchi verbal notalarni almashdi. Ushbu rasmiy almashinuv Gonkong maʼmuriyati rahbari Jon Li Kachchiuning Toshkentga tashrifi doirasida amalga oshirildi.
“Mazkur qadam fuqarolarimiz uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratib, oʻzaro almashinuvlarni faollashtirishga xizmat qiladi”, — deya taʼkidladi Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov.
Qayd etilishicha, muzokaralar davomida investitsiyalar, moliya, raqamlashtirish, sunʼiy intellekt, transport va logistika sohalaridagi istiqbolli yoʻnalishlar muhokama qilindi. Shuningdek, Oʻzbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sherikligini mustahkamlash, Gonkongning xalqaro moliya va biznes markazi sifatidagi tajribasi hamda salohiyati Oʻzbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va ilgʻor loyihalarni roʻyobga chiqarishda muhim oʻrin tutishi koʻrsatib oʻtildi.
Hududlararo sheriklikni rivojlantirish, ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi bevosita muloqotlarni kengaytirish va qoʻshma tashabbuslarni ilgari surish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112448
Jamiyat
95113
Jamiyat
91343
Jamiyat
76032
Jamiyat
//
Izoh yo‘q