Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi

Saqlash
12:29 / 04.06.2026 23 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyun kuni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti va qardosh xalqini mamlakatning 2027-2028-yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan aʼzosi etib saylangani munosabati bilan samimiy tabrikladi.

 

Oʻzbekiston yetakchisi mazkur muvaffaqiyat Qirgʻizistonning faol tashqi siyosati hamda mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashga qoʻshayotgan salmoqli hissasi xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak eʼtirof etilayotganining yorqin ifodasi ekanini taʼkidladi.

 

Tomonlar xalqaro maydonda yaqindan muvofiqlashtiruv va oʻzaro qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.

 

Suhbat chogʻida davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga koʻtarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Oliy darajadagi uchrashuvlar davomida erishilgan, eng avvalo, iqtisodiyot, transport, energetika sohalarida, madaniy-gumanitar yoʻnalishdagi kelishuvlarning amaliy ijrosini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Yetakchilar boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//