Jahon chempionati o‘yinlari katta ekranlarda bepul namoyish etiladi

Saqlash
12:00 / 04.06.2026 50 0

Joriy yilning iyun – iyul oylarida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublikadagi 220 ta umumta’lim maktabida “Muxlislar maydoni” tashkil etiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur maktablarda futbol tomoshalari uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi. O‘quvchilar, ota-onalar hamda futbol ixlosmandlari terma jamoamizning jahon chempionatidagi o‘yinlarini katta ekranlar orqali jonli efirda tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

 

“Muxlislar maydoni” tashkil etiladigan maktablar ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//