Jamiyat
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati Qoʻqon pedagogika instituti yotoqxonasida boʻlgan voqea yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, Qoʻqon davlat pedagogika instituti talaba qizlari shikoyatiga koʻra holat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan nazoratga olindi.
Vazirlik inson shaxsiy hayotiga oʻzboshimchalik bilan aralashish, shaxsiy maʼlumotlarni ochiqlashga urinish kabi xatti-harakatlarni qattiq qoralaydi, ushbu holatni talaba-qizlarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish deb baholaydi. Hech kim inson erki va shaxsiy hayotiga daxl qilishga haqi yoʻq, deb hisoblaydi.
Shu bois, bevosita jarayonda ishtirok etib, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilgan 4 nafar masʼul xodim, jumladan, voqeada bevosita ishtirok etgan prorektor egallab turgan lavozimidan ozod etildi va bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.
“Shu oʻrinda, voqea ishtirokchisi boʻlgan qizlarning tazyiqsiz taʼlim olishlari kafolatlanadi.
Oʻz navbatida, huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv ishlari davom ettirilayotganini maʼlum qilamiz”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qoʻqon pedagogika instituti masʼullari tomonidan institut yotoqxonasida qizlarning xonasidan yashirin kamera oʻrnatilgani haqida xabar berilgan va bu jamoatchilikning keskin eʼtiroziga sabab boʻlgan edi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
1 Izoh
Zarnigor
12:01 / 01.01.1970
Rektori-chi?