Endilikda Toshkentda avtobuslarga yo‘lkira faqat chiqish vaqtida to‘lanadi

Saqlash
14:57 / 04.06.2026 39 0

“Shahar yo‘lovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Hukumat qarori qabul qilindi. Qaror bilan bir qator tartib joriy qilinmoqda.

 

Jumladan, 1-sentyabrdan yo‘lovchilar avtobusga chiqqan zahoti transport yoki bank kartasi orqali to‘lovni tasdiqlashi kerak bo‘ladi.

 

Agar yo‘lkira validator orqali tasdiqlanmasa, yo‘lovchi chiptasiz harakatlangan deb hisoblanadi.


Yangi tartib brutto-shartnoma asosida ishlaydigan shahar avtobus yo‘nalishlarida qo‘llanadi. To‘lovni transport kartasi, bank kartasi, smartfon yoki boshqa kontaktsiz to‘lov vositalari orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

 

Shuningdek, kamida 60 yo‘lovchiga mo‘ljallangan va ekologik talablarga javob beradigan yangi avtobus hamda elektrobuslarni 2027-yil oxirigacha import qilishda utilizatsiya yig‘imi undirilmaydi.

 

Shu yil sentyabrgacha avtobus, metro va elektropoyezdlar uchun yagona to‘lov tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu yo‘lovchilarga bir nechta transport turidan foydalanishda yanada qulaylik yaratadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//