Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmda voyaga yetmagan qizning zo‘rlanishi bilan bog‘liq yana bir xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar Ombudsmani rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Xorazmda voyaga yetmagan qizni guruh bo‘lib zo‘rlanishi bo‘yicha Bolalar Ombudsmaniga murojaat kelib tushgan va mazkur masala nazoratga olingan.
«Shuni ma’lum qilamizki, mazkur masala bo‘yicha Bola huquqlari bo‘yicha vakilga murojaat kelib tushgan va nazoratga olingan. Kuni kecha Bolalar Ombudsmani ushbu murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi va tegishli ma’lumotlarni oldi. Bolalar Ombudsmani o‘rganish natijalari bo‘yicha Bosh prokuratura va IIVga murojaat yuborgan.
Holat yakunlari bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Bolalar Ombudsmani yana bir bor bolalarga nisbatan qo‘llanadigan jinsiy jinoyatlarga og‘ir jazo turlarini qo‘llash kerak degan pozitsiyada qat’iy turishini ma’lum qiladi», deyilgan xabarda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q