Bir kuni...
Bir kuni ko‘chada sayr qilib yurgan kishi yo‘l chetida o‘tirgan keksa odamni ko‘rib qoldi. U mo‘ysafidning qarshisiga kelib, murojaat qildi:
– Otaxon, ulug‘ yoshli inson ekansiz, anchagina uzoq hayot yo‘lini bosib o‘tgansiz. Shubhasiz, juda dono bo‘lsangiz kerak. Ayting-chi, mana, men yosh va kuchliman-u, ammo hech qayerdan ish topa olmayapman, o‘g‘lim giyohvandlikka berildi, qizimni ham yaxshi tarbiyalay olmayapman, ayolim esa kun bo‘yi uyda o‘tirsa ham, hech qayerga qaramaydi. Xo‘sh, men bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Nima qilsam, bularning hammasini o‘zgartira olaman?
Qariya javob berdi:
– Eshiging ustiga kichkinagina taxtacha osib, unga “Hamisha shunday bo‘lavermaydi” deb yozib qo‘y.
– Shu xolosmi? – hayron bo‘ldi erkak.
– Shu xolos, – javob qildi keksa kishi.
U uyiga borib, qariya aytgandek qildi. Bir qancha vaqt o‘tgach, uning o‘g‘li giyohvandlikni tashladi va hatto qilgan ishi gunoh ekanini tan olib, tavba qila boshladi. Qizi yosh bilan yigit bilan yaxshi ko‘rishib, oila qurdi. Ayoli ham o‘zgardi va risoladagi bekaga aylandi. Erkakning o‘zi esa serdaromad ishga joylashdi va ko‘p o‘tmay, hatto mashina sotib oldi.
Kunlarning birida u tanish ko‘chadan o‘tib borayotib, ikki yilcha oldin keksa mo‘ysafidni uchratgan joyida to‘xtadi. Qariya hali ham shu yerda o‘tirgandi. Erkak uning oldiga yaqinlasharkan, mashinadan tushmagan holda, uning oynasini ochib, so‘z qotdi:
– Ha, boboy, haliyam o‘tiribsizmi? Men bo‘lsa, ko‘rib turganingizdek, ancha narsaga erishdim. O‘g‘lim giyohvandlikni tashladi, endi u taqvoli yigit, qizim sevib, sevilib turmushga chiqdi. Ayolim ham yaxshi rafiqaga aylandi. O‘zim ishga joylashdim va endi ishxonamda martabali boshliqman. Siz esa haliyam o‘shandek o‘tiribsiz, no‘noq chol! Xo‘sh, endi menga nima deb maslahat berasiz?
Bu gaplardan qariyaning chehrasi o‘zgarmadi, aksincha, u suhbatdoshiga xotirjam tikilgancha, dedi:
– Haligi taxtacha bor edi-ku, shuni olib tashlamagin…
Bir kuni...
Bilasizmi?
Hikmat
Bilasizmi?
Bir kuni...
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
5 Izohlar
Farangiz
12:01 / 01.01.1970
Hayot bu bir buyuk o'yin.Yaxshi o'yinchi bo'lish o'zimizga bog'liq. Hayot bizga Alloh taolo tomonidan bizga berilgan sinov. Hayot doim bir xil notada boravermaydi . Uni yo'lida ozgina egri-bugri joylari ham bo'ladi. Hayot bizga qiyinchiliklar ortidan sabr qilishni,boriga shukur qilib yashashni o'gatadi. Zero gul vaqtidan oldin ochilmas. Hayotdagi barcha yutuqlarga sabr bilan erishiladi.
Mohinur
12:01 / 01.01.1970
Ha ha bu juda to‘g‘ri hayotdagi bor hikoya ekan. Bundan o‘zimga kerakli xulosa yasadim
Shodiyona
12:01 / 01.01.1970
Hayot bamisoli charxpalak.Negaki u bir bor olgan suvini qayta olmaydi.Hayotda ham doim bir xillik boʼlmaydi. Olamlarning Robbisi boʻlgan Allohga hamdlar aytib undan yaxshiliklarni kutib yashash kerak Eng avvalo uning roziligi va keyin boshqalar roziligi uchun harakat qilish kerak
Bonu
12:01 / 01.01.1970
Meni fikrimcha hammani hayotida shunday voqeyalar bo‘ladi. Bu hayotda yashash hech kimga oson emas. Lekin inson albatda sabir qilishi kerak, oldinga o‘z maqsadi tomon harakat qilish kerak.
Komilova
12:01 / 01.01.1970
Hammasi yaxshi boʻladi yoki yaxshilikka boʻladi