Eshikka osilgan taxtacha


Saqlash
01:12 / 03.12.2021 5 115115

 Bir kuni ko‘chada sayr qilib yurgan kishi yo‘l chetida o‘tirgan keksa odamni ko‘rib qoldi. U mo‘ysafidning qarshisiga kelib, murojaat qildi:

 

– Otaxon, ulug‘ yoshli inson ekansiz, anchagina uzoq hayot yo‘lini bosib o‘tgansiz. Shubhasiz, juda dono bo‘lsangiz kerak. Ayting-chi, mana, men yosh va kuchliman-u, ammo hech qayerdan ish topa olmayapman, o‘g‘lim giyohvandlikka berildi, qizimni ham yaxshi tarbiyalay olmayapman, ayolim esa kun bo‘yi uyda o‘tirsa ham, hech qayerga qaramaydi. Xo‘sh, men bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Nima qilsam, bularning hammasini o‘zgartira olaman?

 

Qariya javob berdi:

 

– Eshiging ustiga kichkinagina taxtacha osib, unga “Hamisha shunday bo‘lavermaydi” deb yozib qo‘y.

 

– Shu xolosmi? – hayron bo‘ldi erkak.

 

– Shu xolos, – javob qildi keksa kishi.

 

U uyiga borib, qariya aytgandek qildi. Bir qancha vaqt o‘tgach, uning o‘g‘li giyohvandlikni tashladi va hatto qilgan ishi gunoh ekanini tan olib, tavba qila boshladi. Qizi yosh bilan yigit bilan yaxshi ko‘rishib, oila qurdi. Ayoli ham o‘zgardi va risoladagi bekaga aylandi. Erkakning o‘zi esa serdaromad ishga joylashdi va ko‘p o‘tmay, hatto mashina sotib oldi.

 

Kunlarning birida u tanish ko‘chadan o‘tib borayotib, ikki yilcha oldin keksa mo‘ysafidni uchratgan joyida to‘xtadi. Qariya hali ham shu yerda o‘tirgandi. Erkak uning oldiga yaqinlasharkan, mashinadan tushmagan holda, uning oynasini ochib, so‘z qotdi:

 

– Ha, boboy, haliyam o‘tiribsizmi? Men bo‘lsa, ko‘rib turganingizdek, ancha narsaga erishdim. O‘g‘lim giyohvandlikni tashladi, endi u taqvoli yigit, qizim sevib, sevilib turmushga chiqdi. Ayolim ham yaxshi rafiqaga aylandi. O‘zim ishga joylashdim va endi ishxonamda martabali boshliqman. Siz esa haliyam o‘shandek o‘tiribsiz, no‘noq chol! Xo‘sh, endi menga nima deb maslahat berasiz?

 

Bu gaplardan qariyaning chehrasi o‘zgarmadi, aksincha, u suhbatdoshiga xotirjam tikilgancha, dedi:

 

– Haligi taxtacha bor edi-ku, shuni olib tashlamagin…

5 Izohlar

Guli

12:01 / 01.01.1970

Hayot go'zal unda hamma turlicha yashaydi. Hammaning ham hayoti bir xil tekis ketavermaydi.

Shaxrizoda_Qodirjonova

12:01 / 01.01.1970

Agar hamma narsa biz o'ylaganimizdek bolaversa hayotni qizig'i bo'lmasdi... Muhimi aslimiz unutmaslik !

Nodir

12:01 / 01.01.1970

Hayot bu dengiz kabidir undagi tõlqinlardan astoydillik bilan õta olgan kishi qirgʻoqga chiqadi.Ammo bularga õz kuchi,aqli va idroki bn erishmagan kishi esa hayotda anchagina qiynalishi tayin albatta.

Jamila

12:01 / 01.01.1970

Tõğri, har doim ham hayot biz õylaganchalik oson bõlavermaydi.Hayotda har qanday narsalar boladi, lekin osha sinovlarga sabr-qanoat bilan bardosh bersak hamma qilgan ishimiz yaxshi bõladi.

Zuxra

12:01 / 01.01.1970

Tòģri insoniyat bu yoruģ dunyoga kelib xuddi oppoq qoģoz kabi bòlishi mumkin .lekin oradan vaqtlar òtib, u ozginagina qilgan ayrim xatolari uchun oppoq qoģozga doģ tuwuriwi hech gap emas.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 217
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 231
Eng qimmat shirinlik

Bilasizmi?

14:07 / 22.07.2026 0 143
“O‘ktam”ning etimologiyasi

Bilasizmi?

11:07 / 22.07.2026 0 261
Vafo va vafot

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 282
Hadaha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236307
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115116
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68737
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57898
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52286
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41116
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39955
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39933
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//