Bir kuni...
Bir kuni ko‘chada sayr qilib yurgan kishi yo‘l chetida o‘tirgan keksa odamni ko‘rib qoldi. U mo‘ysafidning qarshisiga kelib, murojaat qildi:
– Otaxon, ulug‘ yoshli inson ekansiz, anchagina uzoq hayot yo‘lini bosib o‘tgansiz. Shubhasiz, juda dono bo‘lsangiz kerak. Ayting-chi, mana, men yosh va kuchliman-u, ammo hech qayerdan ish topa olmayapman, o‘g‘lim giyohvandlikka berildi, qizimni ham yaxshi tarbiyalay olmayapman, ayolim esa kun bo‘yi uyda o‘tirsa ham, hech qayerga qaramaydi. Xo‘sh, men bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Nima qilsam, bularning hammasini o‘zgartira olaman?
Qariya javob berdi:
– Eshiging ustiga kichkinagina taxtacha osib, unga “Hamisha shunday bo‘lavermaydi” deb yozib qo‘y.
– Shu xolosmi? – hayron bo‘ldi erkak.
– Shu xolos, – javob qildi keksa kishi.
U uyiga borib, qariya aytgandek qildi. Bir qancha vaqt o‘tgach, uning o‘g‘li giyohvandlikni tashladi va hatto qilgan ishi gunoh ekanini tan olib, tavba qila boshladi. Qizi yosh bilan yigit bilan yaxshi ko‘rishib, oila qurdi. Ayoli ham o‘zgardi va risoladagi bekaga aylandi. Erkakning o‘zi esa serdaromad ishga joylashdi va ko‘p o‘tmay, hatto mashina sotib oldi.
Kunlarning birida u tanish ko‘chadan o‘tib borayotib, ikki yilcha oldin keksa mo‘ysafidni uchratgan joyida to‘xtadi. Qariya hali ham shu yerda o‘tirgandi. Erkak uning oldiga yaqinlasharkan, mashinadan tushmagan holda, uning oynasini ochib, so‘z qotdi:
– Ha, boboy, haliyam o‘tiribsizmi? Men bo‘lsa, ko‘rib turganingizdek, ancha narsaga erishdim. O‘g‘lim giyohvandlikni tashladi, endi u taqvoli yigit, qizim sevib, sevilib turmushga chiqdi. Ayolim ham yaxshi rafiqaga aylandi. O‘zim ishga joylashdim va endi ishxonamda martabali boshliqman. Siz esa haliyam o‘shandek o‘tiribsiz, no‘noq chol! Xo‘sh, endi menga nima deb maslahat berasiz?
Bu gaplardan qariyaning chehrasi o‘zgarmadi, aksincha, u suhbatdoshiga xotirjam tikilgancha, dedi:
– Haligi taxtacha bor edi-ku, shuni olib tashlamagin…
Bir kuni...
Bilasizmi?
Hikmat
Bilasizmi?
Bir kuni...
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
5 Izohlar
Zarina
12:01 / 01.01.1970
Bu hikoyadan km qanaqa hulosa oliwi hammaning oʻziga bogʻliq. menga bu hikoya juda ham yoqdi
Sadriddin
12:01 / 01.01.1970
Hayot ALLOH tomonidan ato etilgan eng gõzal ne'matdir.Har doim ham hayotimiz gõzal bolavermaydi.Ba'zi ba'zida hayotdan zavqlanamiz ba'zida esa tushkunlikka tushamiz.Shuning uchun ham hayotimizni oqu- qora deb ataymiz.
muslimaxon
12:01 / 01.01.1970
Oyning 15 qorongu,15 yorug.Qiyinchilik kelsa uni yengishimiz kerak.Agar ozimizga tuq bulsak nochorlarga yordam qilib sadaqa qilsak yaxshi buladi
crazy__N¹
12:01 / 01.01.1970
Hayotimiz oz qoʻlimizda.hayot bir tekis emas.Hayotning oʻzi bizni tarbiyalaydi.shunday ekan doimo yashayotgan kunimizga shukr qilaylik va ibodatda boʻlaylik.
....
12:01 / 01.01.1970
Bu ham bir hudoning sinovidir bu sinovlarning ortida hudoning sizga beradigan chiroyli nematlari buladi. Bu sinovlarga sabr qiling ...